Toshkent moliya instituti vakillari Janubiy Koreyada malaka oshirish dasturlarida ishtirok etishmoqda
Kyungdong universitetida institutimiz vakillari navbatdagi malaka oshirish dasturlarida qatnashmoqda.
Malaka oshirish dasturi davomida Janubiy Koreya moliya tizimi va iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish tendensiyalariga oid amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
Shuningdek, malaka oshirish dasturi doirasida oliy ta’limda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda xorijiy tajribalar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.