Talabalarga xorijlik professor-o‘qituvchilar tomonidan dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda
Toshkent moliya instituti bilan Tojikiston Davlat huquq, biznes va siyosat universiteti hamkorligidagi qo‘shma ta’lim dasturi doirasida bugungi mehnat bozorining zamonaviy talablariga muvofiq raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash borasida samarali amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Toshkent moliya instituting 3-kurs bosqich talabalariga TDHBSUning xalqaro toifadagi pedagoglari tomonidan dars berilmoqda. Moliyaviy tahlil, sarmoya va korxonalar moliyasi bo‘yicha D.Xodjayeva, M.Karimova va D.Yusupovlar talabalarga mazkur fanlardan nazariy va amaliy bilimlar bermoqda.
Xorijlik mutaxassislar tomonidan o‘tkazilayotgan darslar amaliy misollar va tahlillar bilan yana-da talaba-yoshlar uchun qiziqarli bo‘lmoqda.