Ilk bor Toshkent moliya institutida xorijilik tadqiqotchining dissertatsiya himoyasi boʻlib oʻtdi

Ilk bor Toshkent moliya institutida xorijilik tadqiqotchining dissertatsiya himoyasi boʻlib oʻtdi

 

Joriy yilning 22-noyabr kuni Toshkent moliya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.I.17.01 raqamli Ilmiy kengashining bir martalik majlisida 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”, 08.00.04 – “Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti” ixtisosliklari doirasida iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun  Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti vakilasi Xayitboyeva Nargiza Alikulovnaning “Agrar sektorni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning moliyaviy mexanizmi (Tojikiston Respublikasi materiallari asosida)” mavzusidagi dissertatsiya himoyasi muvaffaqiyatli oʻtkazildi.











 

Maʼlumot uchun aytish joizki, Toshkent moliya instituti hamda Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti oʻrtasida qoʻshma taʼlim dasturi doirasida mutaxassis-kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan.

 

16:40 / 2022-11-22
Success helper
Success warning