“Xotira muqaddas – inson qadri aziz” nomli tadbir tashkil etildi

“Xotira muqaddas – inson qadri aziz” nomli tadbir tashkil etildi

Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur maʼnoga egadir. Xotira – kechagi oʻtmishni, ajdodlar oʻgitini, milliy merosimizni anglatib tursa, qadr - insonni yuksaklikka koʻtaradi.

 

Mamlakatimizda “9-may – Xotira va qadrlash kuni” keng miqyosda nishonlandi. Ushbu bayram mustaqil Oʻzbekistonda asrlar davomida oʻlkamizni qahramonona himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bagʻishlangan. 

 

Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish tom maʼnoda milliy qadriyatga aylandi. Qolaversa yurtimiz tinchligi, obodligi yoʻlida oʻz hissalarini qoʻshgan ajdodlar xotirasini yod etib, ularning ezgu ishlarini davom ettirish, qolaversa bugun kunda safimizda yurgan, el-yurt tinchligi va ravnaqi yoʻlida xizmat qilgan keksalarni eʼzozlash maʼnaviy hayotimizning ajralmas qismiga aylandi.

 

Shu munosabat bilan bugun, 8-may kuni Toshkent moliya institutida “Xotira muqaddas – inson qadri aziz”  nomli tadbir tashkil etildi.

 

 

 

 

 

 

Unda Unda institut rahbariyati, institutda uzoq yillar  davomida faoliyat koʻrsatgan faxriy professor-oʻqituvchilar, xodimlar va ayni vaqtda oliygohda faoliyat olib borayotgan yoshi ulugʻ ustoz-murabbiylar, xodimlar, institut jamoasi ishtirok etishdi. 

 

 

 

 

Taklif etilgan elimiz ardogʻidagi sanʼatkorlar tadbirga koʻtarinki ruh va kayfiyat bagʻishladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Institutda uzoq yillar davomida faoliyat yuritgan, yuzlab, minglab shogirdlarga ustozlik qilgan faxriylarimizning oldida doimo bosh egamiz!

16:34 / 2023-05-08
Success helper
Success warning