Toshkent moliya institutida Shavkat Mirziyoyevning «Yangi Oʻzbekiston Strategiyasi» kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi
Bugun, 22-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” deb nomlangan kitobi targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirga mehmon sifatida tashrif buyurgan siyosiy fanlar doktori, professor Muqimjon Qirgʻizboyevning maʼruzasidan maʼlum boʻlishicha, mazkur kitob muqaddima, 7 boʻlim va xotimadan iborat boʻlib, unda Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturi ham oʻz ifodasini topgan. Jumladan, Yangi Oʻzbekiston strategiyasini tuzish, xalqparvar davlat shakllantirish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, adolatli ijtimoiy siyosat yurgazish, maʼnaviy taraqqiyotga erishish, xavfsizlik va tashqi siyosatni barqarorlashtirish hamda umumbashariy masalalarga e'tibor qaratilgan.
Tadbiri davomida talaba-yoshlar maʼnaviyatida kitobning oʻrnini qanchalik bebaho ekanligini eʼtirof etuvchi “Buyuklik siri” mavzusida yozuvchi va tarjimon Faxriddin Sodiqning tavsiyalari ham talabalar eʼtiboriga yetkazildi.