“Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida olima va oqila ayollarning o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

“Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida olima va oqila ayollarning o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 16-mart kuni Toshkent moliya institutida “Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida olima va oqila ayollarning o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

 

 

 

 

 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari, oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot institutlarida faoliyat olib boruvchi olima ayollar hamda xotin-qizlar jamoat tashkilotlarining rahbarlari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari, institutning olima ayol professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talaba-qizlari  ishtirok etdilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

Anjumandan ko’zlangan maqsad, 2022 – 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur hamda uni 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasining ijrosini taʼminlash hisoblanadi.

 

 

 

 

 

Tadbirda “Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda oqila va olima ayollarning roli”, “O‘zbekiston yosh olimalarining ilm-fanga qo‘shayotgan hissasi”, Ilm-fanda gender tenglikni ta’minlash”, “Uzoq hududlarda yashovchi xotin-qizlarning ilm-fandagi faolligini oshirish”, “Oliy ta’lim tizimida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish”, “Fan va innovatsiyalar taraqqiyotida olima ayollar ilmiy salohiyatidan foydalanish” kabi masalalar muhokama qilindi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ilmiy-amaliy anjumanda ko‘tarilgan mavzular va muhokama qilingan mavzular natijalariga ko‘ra xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda oqila va olima ayollarning o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi hamda ularni amalga oshirish uchun vazifalar belgilab olindi.

 

16:14 / 2023-03-16
Success helper
Success warning