"Yashil iqtisodiyot - yashil byudjetlashtirish tomon qadam" mavzusida master-klass
2022-yil 27-dekabr kuni “Moliya” kafedrasi professor-o’qituvchilari uchun "Yashil iqtisodiyot - yashil byudjetlashtirish tomon qadam" mavzusida master-klass tashkil etildi. Master-klass O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari instituti direktorining birinchi o‘rinbosari, i.f.d., professor Pulatov Dilshod Xakberdievich tomonidan o’tkazildi.