“Yongʻin xavfsizligi oyligi” doirasida amaliy talbir tashkil etildi

“Yongʻin xavfsizligi oyligi” doirasida amaliy talbir tashkil etildi

 

Joriy yilning 23-noyabr kuni  Toshkent moliya institutida Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat komissiyasining joriy yil 10-noyabrdagi yigʻilish bayoni ijrosi hamda 15-noyabr - 15-dekabr kunlari oʻtkazilayotgan “Yongʻin xavfsizligi oyligi”ni uyushqoqlik bilan oʻtkazishga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.






Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yunusobod tuman boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari B.Samigov, Yunusobod tuman FVB xodimlari, institut Moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektori Sh.Sindarov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori K.Karimova, professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar hamda ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.
 

Tadbirdan koʻzlangan maqsad – is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasi chaqnashini oldini olish va ogohlantirish boʻyicha hamda yongʻin xavfsizligi talablari, isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish va shoshilinch evakuatsiya qilish boʻyicha talabalar va xodimlarga kerakli tavsiyalar berish, yongʻin xavfsizligini oldini olishdan iborat.








 

Mazkur tadbirning amaliy qismida bevosita talaba-yoshlar uchun yongʻin qutqaruv texnikalari va vositalari namoyish etilib, shuningdek, ushbu uskunalardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalar koʻrsatib oʻtildi.

 

 

16:49 / 2022-11-23
Success helper
Success warning