Institutda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishga qaratilgan amaliy tadbir o‘tkazildi

Institutda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishga qaratilgan amaliy tadbir o‘tkazildi

 

Toshkent moliya instituti talaba-yoshlari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, tabiiy is gazidan zaharlanishning oldini olishga qaratilgan amaliy tadbir o‘tkazildi.






 

Tadbirda Toshkent shahar  favqulodda vaziyatlar boshqarmasi , Yunusobod tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshliqlari va o‘rinbosarlari, instituti professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.








Unda mutaxassislar tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish har bir inson o‘zining va yaqinlarining  asrashida muhim omil ekanligi ta’kidlanish bilan birga, tabiiy is gazi, shuningdek, oziq-ovqatdan zaharlanishning oldini olishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.







 

Mazkur amaliy tadbirda institut jamoasiga favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda bajarish kerak bo‘lgan chora-tadbirlar to‘g‘risida tushuntirish berilganligi bilan talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.








 

Bundan tashqari, ijarada turadigan talabalarni yashash sharoitlari bilan mutaxassislar ishtirokida o‘rganish jarayonlari olib borilmoqda.





 

14:40 / 2024-01-25
Success helper
Success warning