“ZAMONAVIY SUN’IY INTELLEKTLARNING YARATILISH TARIXI” MAVZUSIDA MASTER KLASS DARSI
“Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi 2020-yil 25-fevral kuni “Byudjet hisobi va g`aznachilik” fakultetining BET-60, SFF-50 akademguruh talabalariga “Zamonaviy sun’iy intellektlarning yaratilish tarixi” mavzusida master klass darsini tashkil etdi. Master klass darsiga M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti professori Alekseychik Pavel Aleksandorovich tashrif buyurdi.
Master klass darsida Alekseychik Pavel Aleksandorovich talabalarga sun’iy intellekt haqida, uning yaratilishi va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar, unda qo`llaniladigan dasturlash tillari, kompaniyalarda yo`lga qo`yilgan sun’iy intellekt yordamida katta ma`lumotlarni saqlash, undagi xavsizliklarni ta`minlash yo’llarini Rossiya misolida tushuntirib o`tdi.