Zamonaviy iqtisodiyotda iqtisodiy xavfsizlik masalalari

Zamonaviy iqtisodiyotda iqtisodiy xavfsizlik masalalari

 


Joriy yilning 14-oktyabr sanasida Toshkent moliya instituti Iqtisodiyot fakulteti “ Iqtisodiy xavfsizlik” kafedrasi tomonidan Rossiya Federatsiyasining Ural Davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida “Risklarni boshqarish va zamonaviy iqtisodiyotda iqtisodiy xavfsizlik masalalari” mavzusida davra suxbati tashkil etildi.


Davra suhbatini Toshkent moliya instituti ilmiy ishlar va innovatisiyalar bo'yicha prorektor Islomqulov Alimnazar Xudjamuratovich ochib berdi hamda “Raqamli iqtisodiyotda iqtisodiy havfsizlik masalalari” mavzusida maruza qildi.


Institutga tashrif buyurgan ma’ruzachilar - Ural Davlat iqtisodiyot universiteti professori, iqtisod fanlari doktori, dotsent  Zakirova Elina Rafikovna  hamda iqtisod fanlari doktori, professor Razumovskaya Elena Aleksandrovnalar tomonidan mavzuga doir masalalar va mavjud muammolar yuqori saviyada yoritib berildi. Shu bilan birga Elina Rafikovna yosh mustaqil davlatlarda kuzatiladigan iqtisodiy xavflar-iqtisodiyotning biryoqlamaligi va qaramligi, aholining past turmush darajasi va uning ijtimoiy tahdidlarni yuzaga keltiruvchi muammolari xususida to’xtalib o’tdi.










Toshkent moliya instituti “Iqtisodiy xavfsizlik” kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori Mamatov Axmetjon Atajanovich “Iqtisodiy xavfsizlik-milliy iqtisodiyot darajasidagi makroiqtisodiy kategoriya” mavzusida ma`ruza qildi.


Suhbat davomida mamlakat iqtisodiyotiga xavf soluvchi omillarga qarshi kurashish masalalari yuzasidan savol-javoblar o’tkazildi.

17:52 / 2022-10-15
Success helper
Success warning