Jismoniy tarbiya va madaniyat zamonaviy talaba uchun asosiy mezon

Jismoniy tarbiya va madaniyat zamonaviy talaba uchun asosiy mezon

2022-yil 28-sentyabr kuni “Menejment va marketing” kafedrasi tomonidan kafedra haftaligi doirasida “Jismoniy tarbiya va madaniyat zamonaviy talaba uchun asosiy mezon” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbir doirasida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi aʼzosi, “Shurtan” futbol klubining usmir yoshlar boʻyicha toʻp suruvchisi A.Mamarasulov, kafedra professor - oʻqituvchilari Sh.Allayarov, S.Sobirjonov, X.Shodmonov, B.Sulaymonov, S.Mamurov va Sh.Achilovalar talabalar bilan ertangi farovon hayot  jamiyatni mukammal axloq tamoyillari asosida barpo qilish, oilada barkamol farzand tarbiyasi, uning jismonan baquvvat, ruhan tetik, maʼnan yetuk, aqlan va axloqan goʻzal boʻlib yetishishi lozim ekanligi xususida soʻz yuritishdi.





Jumladan, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi aʼzosi, “Shurtan” futbol klubining usmir yoshlar boʻyicha toʻp suruvchisi A. Mamarasulov talaba-yoshlarda sogʻlom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish, ularni yuksak maʼnaviyatli shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan ishlar natijadorligini oshirish lozimligi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.

19:00 / 2022-09-29
Success helper
Success warning