CHET ELDA TA’LIM
CHET ELDA TA’LIM

    Shubhasiz, chet elda bakalavriatda bir yil o'qish, Siz uchun eng yaxshi imkoniyatlardan biridir. Bu Sizning universitet va kasbiy hayotingiz davomida faxrlanib eslash uchun yaxshi xotira va tajribadir.

Talabalar almashuvi bo’yicha tashrif buyurmoqchi bo’lganlar uchun

     TMIda chet elda o'qish orqali sizga turli madaniyatlar, odamlar va muhitlar bilan tanishish orqali hayotingizni va o’qish tajribangizni boyitish uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etadi.

TMI ni tanlash uchun 5 asosiy sabab

    Toshkent moliya institutini tanlab, siz Markaziy Osiyoning qoq markazidan joy tanlagan hisoblanasiz. Bizning go'zal yashil kampusimizda yashash va o'qish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

   Siz jozibali arxitekturasi, do'stona odamlari va jonli madaniyati bilan mashhur bo'lgan dinamik va rang-barang Toshkentni shahrini o’zingiz uchun kashf etasiz.

   Chet elda o'qish - bu sarguzasht. Bu siz hech qachon unutmaydigan tajriba va global tarixingizdagi muhim bob bo‘lishiga ishonamiz.

Toshkentda yashash

    Toshkent — Oʻzbekiston Respublikasining poytaxti, Markaziy Osiyodagi eng zich shahar bo’lib, mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ilmiy markazi hisoblanadi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Toshkent aholisi 2,3 millionga yaqin. Bu zamonaviy shahar mamlakatimizning shimoli-sharqiy qismida, g‘arbiy Tyan-Shan tog‘ etaklarida, Chirchiq daryosi vodiysida, dengiz sathidan 440-480 metr balandlikda joylashgan. Zamonaviy Toshkentning tarixi 2500 yildan ortiq.

   Toshkentning madaniy hayoti qiziqarli voqealarga boy. Poytaxtda koʻplab teatrlar, konservatoriya, muzey, koʻrgazma va konsert zallari, stadion va suzish havzalari, kafe, restoranlar mavjud. Toshkent quyoshli poytaxt sifatida tanilgan va bu epitet nafaqat iqlim sharoiti, balki shahar o'zining mehmondo'stligi bilan mashhurligi, O'zbekistondagi mehmonlarni iliq kutib olishi tufayli ham paydo bo'lgan.

Qanday murojaat qilish kerak?

    Xorijda o‘qish uchun Toshkent Moliya Institutini tanlaganingizdan so‘ng, onlayn ariza topshirishingiz mumkin. Agar siz Erasmus Plus talabasi yoki xalqaro almashinuv talabasi bo'lsangiz, ariza formasini to'ldirishingizdan oldin, sizning universitetingiz sizni nomzod qilib ko'rsatadi.

Ariza topshirishda siz quyidagi tasdiqlovchi hujjatlarni yuklashingiz kerak bo'ladi:

  • Tugallangan kurslar va baholar ko'rsatilgan rasmiy transkript nusxasi;
  • Pasportingiz/fotosurat identifikatsiya sahifangiz nusxasi;
  • Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi hujjat (agar mavjud bo'lsa).

Sizga joy taklif qilingandan so'ng, taklifingizni tasdiqlovchi ushbu elektron pochta xabarini olasiz. Institutga kelishdan oldin sizga kerak bo'lgan barcha ma'lumotlar sizga elektron shaklda yuboriladi yoki onlayn tarzda taqdim etiladi. TMIga hujjat topshirayotgan talabalar uchun foydali ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan institut veb-saytidagi sahifalarga ham tashrif buyurishingiz mumkin.

     Taklifni olgan barcha talabalar elektron pochta orqali bo’lib o’tadigan tadbirlar haqida to'liq ma'lumot olishadi. E-mailingizni muntazam tekshirib turish juda muhim, chunki bizning ayrim faoliyatlarimiz sizning shaxsiy ehtiyojlaringizga moslashtiriladi.

Talabalar almashuvi bo’yicha chet elga chiqmoqchi bo’lganlar uchun

     Agar siz global muammolarni hal qilish va o'z sohangizdagi eng yorqin aql egalari bilan hamkorlik qilish ishtiyoqida bo'lsangiz, TMI o’zingizni g'oyalaringizni va harakatlaringizni amalga oshirishingiz uchun juda qulay o’quv maskani. Biz sizga chet elga sayohat qilish va yangi tajribalarni boshdan kechirish uchun ko'plab imkoniyatlarni taklif qilamiz.

     O‘zbekiston tashqarisida ajoyib tajriba olishni xohlaysizmi?

   Semestrni Osiyo, Yevropa yoki Amerikadagi hamkor universitetlarimizdan birida o'tkazing. Qaerga bormang, xorijdagi tajribangiz sizning intellektual qobiliyatingizni rivojlantirish va shaxsiy o'sish uchun ajoyib imkoniyatdir.

  • Ketish sabablari?
  • Qayerga borish mumkin?
  • Qanday murojat qilish mumkin?
Success helper
Success warning