Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan respublikamizning auditorlik faoliyati sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bilan bog‘liq fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Kafedrada 27 nafar doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyalari ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Shuning samarasi sifatida kafedraning hozirgi kundagi ilmiy salohiyati 57% ni tashkil etmoqda. Kafedra tomonidan mamlakatimiz auditorlik faoliyatining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari va ilmiy-nazariy seminarlar o‘tkazilib kelinmoqda. Oxirgi yillarda kafedra jamoasi tomonidan 8 ta darslik, 5 ta monografiya, 12 ta o‘quv qo‘llanma, xalqaro ilmiy jurnallarda 40 dan ortiq maqola va tezislar e’lon qilingan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan xalqaro ilmiy-tahliliy ma'lumotlar bazalaridagi va yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, 2022-2023 yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan maqolalar chop etilgan bo‘lib, 50 tasi OAK tomonidan e'tirof etilgan jurnallarda, 1 tasi Scopus hamda 23 tasi esa yuqori impakt-faktorga ega ilmiy jurnallarda chop etilgan.
2022-2023 o‘quv yili davomida kafedrada faoliyat yuritgan professor-o‘qituvchilardan 6 nafari 08.00.08- Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. Bu o‘z navbatida “Audit” kafedrasining ilmiy salohiyati 57 foizga o‘sishiga o‘z xissasini qo‘shdi.