Budjet hisobi va g'aznachilik ishi kafedrasi
Budjet hisobi va g'aznachilik ishi kafedrasi
soliq

Umumiy ma’lumotlar

 Kafedra mudiri: Qo'ziyev Islomjon Ne'matovich

 

 Qabul vaqti: 14:00 – 17:00

 

 Telefon: (71) 235-23-87

 

 E-mail: byudjetx@tfi.uz

 

 Veb-sayt: www.tfi.uz

Kafedrada rahbarlik qilgan professor-o‘qituvchilar haqida ma’lumot

2010-2017 yillarda, i.f.d., prof. S.Mehmonov

2017-2018 yillarda i.f.d., prof. B.Hamdamov

2018-2019 yillarda i.f.d., prof. A.Tuychiyev

2019 yil oktyabr oyidan boshlab kafedraga iqtisod fanlari doktori  I.Qo'ziyev rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra tarixi

      O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimida islohatlarni amalga oshirish borasida yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash maqsadida shuningdek 2009/2010 o‘quv yilidan boshlab “Budjet hisobi va nazorati” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlashning yo‘lga qo‘yilishi, ta’lim muassasasining mavjud moddiy texnik, o‘quv uslubiy ba’zasi, professor o‘qituvchilar salohiyati hamda kelajakda mazkur yo‘nalish negizida magistratura mutaxassisliklarini ochish imkoniyati va budjet tizimida oliy ma’lumotli buxgalter mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009-yil 30-dekabrdagi 87-01-836-sonli xati, 2010-yil 29-yanvardagi institut Kengashining 6-sonli yig‘ilishi qaroriga hamda institut rektorining 2010-yil 10-fevraldagi 44-sonli buyrug‘iga asosan institutning “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi negizida “Budjet hisobi” kafedrasi tashkil etilgan. 2019-yil yanvar oyidagi institut qaroriga asosan “Budjet hisobi va g‘aznachilik ishi” kafedrasi deb qayta nomlangan.

Kafedra bo‘yicha belgilangan shtat birligi

     Hozirgi kunda kafedrada 2 ta fan doktori, professor, 3 ta fan nomzodi, dotsent, 10 ta katta o‘qituvchi va assistentlar faoliyat olib bormoqda. Kafedranining ilmiy salohiyati 33%ni tashkil qiladi.

Kafedraga biriktirilgan ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar

 Bakalavriatda:

5232000 – Davlat budjetining g‘azna ijrosi;

5234000 – Budjet hisobi va nazorati.

 

Magistraturada:

5A230903 – Budjet hisobi va nazorati.

Kafedra professor-o‘qituvchilari ta’lim beradigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar

Bakalavriatda:

- 5230600 – Moliya;

- 5230700 – Bank ishi;

- 5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);

- 5231300 – Pensiya ishi;

- 5111000 – Kasb ta’limi (5230900-Buxgalteriya hisobi va audit);

- 5111000 – Kasb ta’limi (5230600-Moliya);

- 5232000 – Davlat budjetining g‘azna ijrosi;

- 5234000 – Budjet hisobi va nazorati;

 

Magistraturada:

- 5A230903 – Budjet hisobi va nazorati;

- 5A230601 –Davlat moliyasini boshqarish;

- 5A230901 – Buxgalteriya hisobi (Tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

- 5A230902 – Audit (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar

Foto surati F.I.Sh. Ilmiy darajasi va unvoni e-mail
Qo'ziyev Islomjon Ne'matovich i.f.d., dotsent quziyevislomjon@mail.ru
Mexmonov Sultonali Umaraliyevich

i.f.d., prof.

mexmonov@tfi.uz
Kasimova Gulyar Axmatovna

i.f.n., dots.

kasimova@tfi.uz
G‘aniyev Shahriddin Vohidovich

i.f.n., dots.

ganiyev@tfi.uz

Suvanqulov Aliasqar Rahmonqulovich

i.f.n., dots.

suvanqulov@tfi.uz
Tashmuxamedova Dildora Asqarbekovna k. o‘q. tashmuhamedova@tfi.uz
Kuliboyev Azamat Shonazarovich k. o‘q. kuliboyev@tfi.uz
Shaymardanova Dina Rashidovna k. o‘q. kuliboyev@tfi.uz
Sholdarov Dilshod Azimiddin o‘g‘li k. o‘q. sholdarov@tfi.uz
Aripova Anna Mixaylovna o‘q. aripova1@tfi.uz
Ramazonov Akmal Samadovich o‘q. ramazanov@tfi.uz
Achilov Uyg‘unjon Ulug‘bekovich o‘q. achilov@tfi.uz
Tursunov Anvar Sultonovich o‘q. tursunov2@tfi.uz
Mannapova Ra’no Abrorovna o‘q. mannapova@tfi.uz
Norqo‘chqorov Abdulaziz Ziyodulla o‘g‘li o‘q. norquchqorov@tfi.uz
Xalilova Shoxsanam G‘ayrat qizi Kabinet mudiri xalilova@tfi.uz

O‘quv-uslubiy ishlar

    Kafedrada hozirgi kunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 13 ta fandan, magistraturada mutaxassisliklarida 5 ta fandan dars mashg‘ulotlari olib boriladi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ushbu fanlardan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv va ishchi dasturlar, o‘quv-uslubiy majmualar, ishchi daftarlar va boshqa turdagi uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlangan.

Kafedraning ilmiy tadqiqot faoliyati

     Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan Davlat moliyasi, budjet hisobi va g‘aznachilik tizimini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq keng fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari amalga oshirilib borilmoqda. Kafedrada 1 nafar doktorant doktorlik dissertatsiyalari ustida, 1 nafar tayanch doktorant va 3 nafar mustaqil izlanuvchilar nomzodlik dissertatsiyalar ustida ilmiy ishlar olib bormoqda. Kafedra tomonidan Respublikamizning budjet hisobi va g‘aznachilik sohasining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ilmiy konferensiyalar, davra suhbatlari va ilmiy-nazariy seminarlar o‘tkazilib kelinmoqda.

    Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan oxirgi yillar davomida ko‘plab o‘quv, ilmiy, uslubiy ishlar chop ettirilgan bo‘lib 4 ta darslik va 12 ta o‘quv qo‘llanma hamda 4 ta monografiya yaratilgan.

    Xorijiy tajribalardan foydalangan holda 9 nomdagi o‘quv adabiyotlar yaratildi. Jumladan: A.Tuychiyev, A.Ostonokulov, K.Ibragimov, hamda A.Tursunovlar hammuallifligida “Budjet hisobi” fanidan, “Budjet tashkilotlarida budjet hisobi” fanidan o‘zbek tilida, A.Tuychiyev, D.Tashmuxamedovalar hammuallifligida “G‘aznachilik” fanidan hamda A.Tuychiyev, O.Makashina, D.Shaymardanova, A.Aripovalar tomonidan “Budjet hisobi” fanidan rus tilida darsliklar yaratildi. A.Tuychiyev, K.Ibragimov, A.Aripova, N.Aminovalar tomonidan “Budjet hisobi” fanidan rus tilida, Tuychiyev A. Ibragimov K. tomonidan “Budjet hisoboti” fanidan, Tuychiyev A. M.Abidov muallifligida “Budjet tasnifi” fanidan, B.Hamdamov Ostonokulov A. tomonidan “Budjet nazorati” fanidan o‘zbek tilida, B.Hamdamov muallifligida rus tilida, S.Mehmonov, A.Kulliboyev tomonidan “Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobi” fanidan, D.Toshmuhammedova tomonidan “G‘aznachilik asoslari” va Z.Karimova, S.Mehmonov, Tursunov A muallifligida “Budjet tizimi” fanidan o‘quv qo‘llanmalar yaratildi. S.Mehmonov tomonidan “Budjet hisobi” fanidan o‘quv qo‘llanma, S.Mehmonov va D.Ubaydullayevlar hammuallifligida “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi” fanidan oliy o‘quv yurti talabalari uchun dasrlik, D.Toshmuxamedova va Sh.Allayarovlar hammuallifligida “Davlat pensiya ta’minoti” fanidan o‘quv qo‘llanma, shuningdek, S.Mehmonov muallifligida “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi: nazariya va amaliyot” nomli monografiya, N.Bo‘riyeva muallifligida “Finansovaya logistika v kommercheskix bankax” nomli monografiya nashr etilgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlar

Tashmuxamedova Dildora Asqarbekovna – Hududlar moliyaviy resurslarini boshqarishni takomillashtirish

 

Kuliboyev Azamat Shonazarovich – Davlat tibbiyot muassasalarida hisob siyosatini takomillashtirish

 

Shaymardanova Dina Rashidovna – Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari ichki audit va buhgalteriya hisobini takomillashtirish

 

Sholdarov Dilshod Azimiddin o‘g‘li – Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida pensiya ta’minotining moliyaviy barqarorligini ta’minlash

 

Achilov Uyg‘unjon Ulugbekovich – O‘zbekistonda pensiya ta’minoti tizimi muammolari va hal etish yo‘llari

 

Bo‘riyeva Nigora Xasanovna – Sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyatini moliyalashtirishning va buxgalteriya xisobining metodologiyasini takomillashtirish.

 

Ochilov Olmos Ikrom o‘g‘li – Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda investitsiyalar hisobi va tahlilini takomillashtirish

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

     Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talaba yoshlarning yuksak ma’naviy-axloqiy, ona vatanga sadoqat ruhda tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga muhabat tuyg‘usini shakllantirish hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan keng qamrovli manaviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu bilan birga talabalar turar joylarida turli xil manaviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. «Ustoz shogird» tizimi ana’nalariga ko‘ra, talabalarga professor-o‘qituvchilar biriktirilgan hamda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan Respublikamizning turli joylarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy bunyodkorlik ishlarining mazmun-mohiyati keng targ‘ib qilib borilmoqda.

Xalqaro hamkorlik

    Budjet hisobi va g‘azgachilik ishi kafedrasi ilmiy-tadqiqot, o‘quv uslubiy sohada qator mamlakatlar nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Xususan, Malayziyaning Bayneri universiteti (13.01.2015), Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti (01.12.2017) bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Kafedraning innovatsion-korporativ hamkorligi, oliy ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘nalishidagi ishlari

   “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida fan, ta’lim, ishlab chiqarish innovatsion integrasiyasi doirasida Moliya vazirligi G‘aznachiligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi bilan 5 yil muddatga xo‘jalik shartnomalari imzolangan va xamkorlik amalga oshirib kelinmoqda. “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishning dolzarb masalalari” mavzusida budjet tashkilotlari bosh hisobchi va hisobchi xodimlari uchun o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda.

   Kafedra professor-o‘qituvchilari “Budjet kodeksi”, “Budjet hisobining standartlari” va budjet hisobiga oid boshqa bir qator me’yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ilmiy tadqiqot natijalari bilan ishtirok etishmoqda.

   Kafedraning asosiy ilmiy tadqiqot yo‘nalishi “Davlat budjeti g‘azna ijrosi sharoitida budjet hisobini tashkil etishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish” hisoblanadi. Kafedra professor-o‘qituvchilari respublikada e’lon qilingan ilmiy, amaliy hamda innovatsion grantlar tanlovlarida faol ishtirok etib ilmiy grantlarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Hususan, “Audit” kafedrasi bilan hamkorlikda A-2-20 sonli “Audit tekshiruvida rasmiylashtiriladigan ishchi hujjatlar to‘plamini yaratish” mavzusida 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan amaliy grant doirasida tadqiqot olib bormoqda. Kafedraning asosiy ilmiy tadqiqot yo‘nalishi “Davlat budjeti g‘azna ijrosi sharoitida budjet hisobini tashkil etishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish” hisoblanadi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr etilgan o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar: Iqtidorli yoshlar bilan amalga oshirilgan ishlar

     Kafedrada iqtidorlik yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish bo‘yicha qator tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Yosh g‘aznachi” ilmiy to‘garagi muntazam ravishda ish olib borayotgan bo‘lib, ushbu to‘garakda har oyning oxirgi haftasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligi G‘aznachiligidan yetakchi mutaxassislar jalb qilingan holda mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

 

Success helper
Success warning