EuroHI moduli O'zbekiston uchun Evropa tibbiy sug'urta tizimidagi ilg’or tajribalarni o'rganish va uni talabalarga o’qitish orqali hayotga tadbiq qilishga qaratilgan loyiha hisoblanadi. Yevropa tibbiy sug'urta tizimini o'rganish orqali O'zbekistonda sog'liqni saqlash tizimini moliyalashtirish, sifatli tibbiy hizmatni ta’minlash sohasida Yevropa ittifoqidagi ilg'or tajriba va innovatsiyalar to’liq o’rganib chiqiladi.
Module quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
- Tibbiy sug'urta bo'yicha Evropa tajribasini, shu jumladan eng yaxshi amaliyot va muvaffaqiyatli modellarni o'rganish.
- O'zbekistonda Yevropa uslubidagi tibbiy sug'urta tizimini joriy etishning afzalliklarini
- Tibbiy sug'urta tizimlarini rivojlantirish bo'yicha Evropa tajribasini O’zbekistonda tadbiq qilish yo’nalishlari.
Bu modul asosan sug'urta yo’nalishida tahsil olayotgan bakalavriat talabalari uchun mo’ljallangan. EuroHI moduli yiliga 40 soatdan 3 yil davomida o’qitiladi. Module yakunida bitiruvchilarga sertifikatlar taqdim etiladi.