Ilmiy-tadqiqot faoliyati
Ilmiy-tadqiqot faoliyati

 

          Institutda taʼlim sifatini tubdan yaxshilash, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim instituti faoliyatini takomillashtirish, professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirishda ilmiy-tadqiqotning asosiy yoʻnalishlar quyidagilardan iborat:

 

 

●      Mamlakatda ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari (Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyruqlari hamda Hayʼati Qarorlari)da belgilangan ustuvor vazifalarni institutda amalga oshirishni takil etish;

 

●      Yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni taʼminlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishni samarali amalga oshirish;

 

●      Institutda davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida amalga oshiriladigan loyihalar sonini oshirish hamda bu loyihalarga professor-oʻqituvchilar, bakalavr va magistratura talabalari hamda tayanch doktorant va doktorantlarni keng jalb etishni amalga oshirish;

 

●      Iqtisodiyotning tegishli sohalariga oid korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda xoʻjalik shartnomalari soni hamda fanning taʼlim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini taʼminlashda ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etishni yanada oshirish;

 

●      Institutda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot yoʻnalishlariga chet el grantlarini keng jalb etish;

 

●      Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalarni kengaytirish;

 

●      Institutda oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim instituti faoliyatini samaradorligini oshirish va himoya jarayonlarini jadallashtirish;

 

●     “Moliya” ilmiy jurnali hamda “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy-elektron jurnalining institut ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirishdagi hissasini oshirish, jurnalni mazmunan boyitish orqali uning respublika miqyosida oʻz oʻrniga ega boʻlishi, moliya va iqtisod olamidagi eng nufuzli nashr sifatida eʼtirof etilishiga erishish jarayonidagi ishlarni davom ettirish;

 

●      Institut professor-oʻqituvchilarini ilmiy maqola, monografiya, oʻquv qoʻllanma va darsliklarni tayyorlash va chop etishga keng safarbar etish;

 

●      Xalqaro va respublika doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarni yuqori saviyada tashkil etish;

 

●      Institutda ixtisosliklar doirasida innovatsion ishlanmalar (patent, litsenziya, ixtiro)ni keng qamrovda amalga oshirilishini taʼminlash va h.k.

Toshkent moliya instituti ilmiy tadqiqot faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari

Success helper
Success warning