BANK HISOBI VA AUDIT KAFEDRASI
BANK HISOBI VA AUDIT KAFEDRASI

  Umumiy maʼlumotlar

 Kafedra mudiri:  Umarov Zafar Absamatovich

 Qabul vaqti:1400 – 1700

 Telefon: (0 371) 234-07-19

 E-mail: bxva@tfi.uz

 Veb-sayt: www.tfi.uz

Kafedrada rahbarlik qilgan professor-oʻqituvchilar haqida maʼlumot

 Kafedraning birinchi mudiri – i.f.n., prof. T.Qoraliyev 2007-2013 yilgacha boshqargan;

 2013-2015 yillarda, i.f.n. N.N.Oblomurodov;

 2015 yilda, kat. o’q. T.Q. Boltayev;

 2015-2016 yillarda, i.f.n. B.B.Babayev;

 2016 yil aprel oyidan boshlab kafedraga i.f.n., dotsent Z.A.Umarov rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra tarixi

  “Bank hisobi va audit” kafedrasi 2007-yil dekabr oyidagi institut rektorining buyrug‘i asosida "Bank ishi" kafedrasi negizida tashkil topgan bo‘lib, 2008-yil 1-yanvardan boshlab faoliyat boshlagan. Tashkil etilganidan buyon kafedrada bank ishi, buxgalteriya hisobi, moliya va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda. 2007-2013-yillarda i.f.n., prof. T.Qoraliyev, 2013-2015-yillarda i.f.n., dots. N.Oblomurodov, 2015-yilda T.Boltayev, 2015-2016 yillarda B.Babayevlar kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritganlar. Hozirgi kunda Z.Umarov kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Kafedra bo‘yicha belgilangan shtat birligi

   Hozirgi kunda kafedrada 1 ta professor, 8 ta fan nomzodi, dotsentlar, 9 ta katta o’qituvchilar, 1 assistent faoliyat olib bormoqdalar. Kafedranining ilmiy salohiyati 47 %ni tashkil qiladi.

Kafedraga biriktirilgan ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar:

  5230700 – Bank ishi;

 

  5233900 - Bank hisobi va audit;

 

  5A230702 – Bank hisobi va audit.

Kafedra professor-o‘qituvchilari ta’lim beradigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar (bakalavriat va magistratura kesimida)

  Bakalavriat:

 

5230900 – Buxgalteriya xisobi va audit

5231300 – Pensiya ishi

5232100 – Korporativ moliya

5230800 – Soliqlar va soliqqa tortish

5231200 – Sug’urta ishi

5231500 – Baholash ishi

5232000 – Davlat byudjetining g’azna ijrosi

5230200 – Menejment (xizmatlar sohasi)

5230700 – Bank ishi

5233900 - Bank hisobi va audit

 

Magistratura:

5A230701 – Bank ishi (tarmoqlar sohasi bo‘yicha)

5A230702 – Bank hisobi va audit

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilar

Foto surati F.I.Sh. Ilmiy darajasi va unvoni E-mail
1

 

Umarov Zafar Absamatovich

 

I.f.n., dotsent umarov1@tfi.uz
2 Qoraliyev Toʻraboy Mamatqulovich i.f.n., prof.

qoraliev@tfi.uz

3

 

Murugova Irina Anatoliyevna

 

I.f.n., dotsent murugova@tfi.uz
4 Sayfiddinov Ilxom Fayziddinovich I.f.n., dotsent sayfiddinov@tfi.uz
5 Otamurodov Hakimjon Hamidovich k.o'q.PhD otamurodov@tfi.uz
6 Rahimov Akmal Matyaqubovich k.o'q.PhD rahimov@tfi.uz
7 Ernazarov Narmet Saparboyevich Katta oʻqituvchi ernazarov@tfi.uz
8 Gʻaniyeva Umida Abdugʻafforovna Katta oʻqituvchi

jalolova@tfi.uz

9 Babayeva Goʻzal Yashinovna Katta oʻqituvchi

babaeva@tfi.uz

10

Yadgorova Malika Lutpillevna

Katta oʻqituvchi yadgarova@tfi.uz
11

Ahmedova Dilafruz Elshodovna

Katta oʻqituvchi ahmedov@tfi.uz
12 Boltayev Toʻlqin Qoʻziyevich Katta oʻqituvchi  boltaev@tfi.uz
13 Qurbonov Rufat Baxtiyorovich Katta oʻqituvchi kurbonov1@tfi.uz
14 Xudoyorov Oybek Odilovich Katta oʻqituvchi hudoyorov@tfi.uz
15 Xudoyberganova Zarofat Zaxidovna assistent hudoyberganov@tfi.uz

Oʻquv-uslubiy ishlar

   Kafedrada hozirgi kunda bakalavriat va magistratura bosqichida 10 ta fandan dars mashg’ulotlari olib boriladi. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ushbu fanlardan darsliklar, o’quv qo’llanmalar, o’quv va ishchi dasturlar, o’quv-uslubiy majmualar, ishchi daftarlar va boshqa turdagi uslubiy ko’rsatmalar tayyorlangan.

 

Kafedraning ilmiy tadqiqot faoliyati

    Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan Respublikamizning bank-moliya tizimini yanada takomillashtirish bilan bog’liq keng fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari amalga oshirilib borilmoqda. Kafedrada doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar tomonidan doktorlik dissertatsiyalari ustida ilmiy ishlar olib borilmoqda. Kafedra tomonidan Respublikamizning bank-moliya sohasining dolzarb muammolariga bag’ishlangan ilmiy konferensiyalar, davra suhbatlari va ilmiy-nazariy seminarlar o’tkazilib kelinmoqda. Oxirgi yillarda kafedra jamoasi tomonidan 5 ta monografiya, 10 ta darslik, 3 ta o’quv qo’llanma, xalqaro ilmiy jurnallarda 30 dan ortiq maqola va tezislar e’lon qilingan.

Kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan olib borilyotgan ilmiy ishlar

 I.f.n., dos. Umarov Zafar Absamatovich – Tijorat banklarida kredit operatsiyalarini hisobi va auditini takomillashtirish;

 I.f.n., dos. Murugova Irina Anatolevna – “Banklarda buxgalteriya hisobini takomillashtirish masalalari”;

 I.f.n., dos. Sayfiddinov Ilxom Fayziddinovich – “Toʻlov intizomini mustahkamlashning metodologik asoslarini takomillashtirish yoʻllari”;

 K.oʻq. Ernazarov Narmet Saparboyevich – “Oʻzbekiston bank tizimiga xususiy kapitalni jalb yetish masalalari”;

 K.oʻq. Gʻaniyeva Umida Abdugʻafforovna – “Zamonaviy uy joy qurulishini kreditlash qishloqlarni kompleks rivojlantirish masalalari”

 K.oʻq. Babayeva Goʻzal Yashinovna– “Oʻzbekiston Respublikasida toʻlov tizimini takomillashtirish yoʻllari”;

 K.oʻq. Yadgorova Malika Lutpillevna– “Tijorat banklarida ichki auditni rivojlantirish”;

 K.oʻq. Ahmedova Dilafruz Elshodovna – “Tijorat banklari resurs bazasini mustahkamlashda aholi omonatlarining roʻli ”;

 K.oʻq. Boltayev Toʻlqin Qoʻziyevich– “Valyuta kursi va uning oʻzgarishining nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish”;

 K.o‘q. Raemova Nigora Muradullaevna – “Tijorat banklarini investitsiya portufelini boshqarish masalalari”;

 K.o‘q. Qurbonov Rufat Baxtiyorovich– “Xususiy banklarning resurs bazasi va uni mustahkamlash yo’llari”;

 K.o‘q. Xudoyorov Oybek Odilovich– “O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarining balansdan tashqari operatsiyalarini hisobi va uni takomillashtirish masalalari”;

 K.o‘q. Rahimov Akmal Matyaqubovich – “Tijorat banklari deposit bazasi va uni kengaytirish yo’llari”;

 Assistent. Xudoyberganova Zarofat Zaxidovna– “Tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlarini takomillashtirish yo’llari”.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

 Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Professor-o‘qituvchilar tasdiqlangan ish rejalari asosida talabalarga murabbiylik qilib, ular bilan "Ustoz-shogird" tamoyili asosida ish olib bormoqdalar. Doimiy ravishda talabalar bilan har xil dolzarb mavzularda davra suhbatlari, uchrashuvlar olib boriladi. Talabalar ishtirokida Toshkent shahri va respublikamizning diqqatga sazovor bo‘lgan joylariga tashriflar uyushtirib turiladi.

Xalqaro hamkorlik

  Bank hisobi va audit  kafedrasi ilmiy-tadqiqot, oʻquv uslubiy sohada qator mamlakatlar nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan. Xususan, Malayziyaning Mara universiteti bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan.

Kafedraning innovatsion-korporativ hamkorligi, oliy taʼlim – ilm-fan – ishlab chiqarish integratsiyasi yoʻnalishidagi ishlari

 Kafedra quyidagi Vazirlik, idora va tashkilotlar bilan innovatsion korporativ hamkorlik olib bormoqda:

 - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki;

 - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;

 - Barcha tijorat banklari;

Kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan nashr etilgan oʻquv, oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlar

  Oxirgi yillarda prof. T.Qoraliev raxbarligida S.Xolmurodov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibi, dots. Z.Umarov raxbarligida M.Asrarova Navoiy davlat stipendiyasi sohibasi, Sh.Rajabov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibi bo’lgan.

Iqtidorli yoshlar bilan amalga oshirilgan ishlar

 Kafedrada iqtidorli yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish bo‘yicha qator tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Yosh bank buxgalteri” ilmiy to‘garagi muntazam ravishda ish olib borayotgan bo‘lib, ushbu to‘garakda O‘zbekiston respublikasi Markaziy banki, tijorat banklaridan yetakchi mutaxassislar jalb qilingan holda mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

Sillabus

Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorati

Bank auditi ( 6 semestr)

Bank auditi ( 7,8 semestrlar )

Bank auditi metodologiyasi

Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi

Bank hisobi, tahlil va audit

Bank faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish

 

 

Bogʻlanish uchun maʼlumotlar

  Manzil : 100000, A.Temur shoh koʻchasi 60a uy, Bank ishi fakulteti, 2-qavat, 209-xona. Metroning “Minor” bekati.

  Telefon : 71-234-07-19

  E-mail : kbha@tfi.uz

 

Success helper
Success warning