Buxgalteriya hisobi kafedrasi
Buxgalteriya hisobi kafedrasi

  Umumiy ma’lumotlar

 Kafedra mudiri:  Karimov Akrom Abbosovich

 

 Qabul vaqti: 1400 – 1700

 

 Telefon: (0371) 235-37-46

 

 Email: bugalteriyax@tfi.uz

 

 Website: www.tfi.uz

Kafedra tarixi

 Kafedra institutning mutaxassislik tayyorlovchi ixtisoslik kafedrasi bo‘lib, buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi bo‘yicha respublikada bazaviy kafedra hisoblanadi. Kafedra boy tarixga ega. 1931-yilda Toshkent moliya instituti tashkil topishi bilan paydo bo‘lgan. Shu davr mobaynida kafedraga N.B.Kartamishev (1966-y.), I.A.Shilov (1966-1967- y.y.), S.B. Qodirxonov (1969-1975-y.y.), S.X.Ablyatipov (1975-1983-y.y.), Yu.M.Itkin (1983-1990-y.y.), O.X.Xolmatov (1991-y.), M.M.Tlaxjayeva (1992-1993-y.y.), B.A.Xasanov (1993-2005-y.y.), B.K.Xamdamov(2005-2009-y.y.), A.A.Karimov (2010-y.), B.O.Bolibekov (2011-2015-y.y), I.K.Ochilov (2015-2016-y.y) rahbarlik qilganlar. Hozirgi kunda kafedrani i.f.d., professor A.Karimov boshqarib kelmoqda. “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001- yil 16-avgustdagi 343-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida kafedrada “Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)” bakalavriat yo‘nalishi va “Buxgalteriya hisobi (real sektor bo‘yicha)” magistratura mutaxassisliklari uchun Davlat ta’lim standartlari va 2017 yilda malaka talablari, namunaviy o‘quv rejalari yaratilgan hamda takomillashtirilmoqda. Bugungi kunda “Buxgalteriya hisobi” kafedrasida jami 24 nafar pedagog-xodimlar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Pedagog-xodimlardan 2 nafari iqtisod fanlari doktori, 1 nafari xizmat ko‘rsatgan professor, 6 nafari iqtisod fanlari nomzodi, 3 nafari PhD, 8 nafari katta o‘qituvchi, 5 nafari o’qituvchilardan tashkil topgan. Kafedraning ilmiy salohiyati yildan-yilga oshib bormoqda. 2019-2020 o‘quv yilida kafedra ilmiy salohiyati 50 foizni, o‘rtacha yosh 44 yoshni tashkil etadi.

O‘quv-uslubiy ishlar

 “Buxgalteriya hisobi” kafedrasining pedagog-xodimlari ta’lim jarayonida ilg‘or pedogogik texnologiyalar va multimedia vositalaridan keng foydalanishadi. Shuningdek, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar davomida fanlarning nazariy jihatlarini tavsiflovchi tarqatma materiallar, slaydlar hamda ko‘rgazmali qurollar qo‘llaniladi. Tasdiqlangan o‘quv rejasiga muvofiq kafedra tomonidan quyidagi fanlar o‘qitilmoqda:

 

 Bakalavriatda:
- “Buxgalteriya hisobi nazariyasi”;
- “Moliyaviy hisob va hisobot”;
- “Boshqaruv hisobi”;
- “Xizmat ko‘rsatish sub’ektlarida buxgalteriya hisobi”;
- “Soliq va majburiy to’lovlar hisobi”;

- Moliyaviy hisobotning xalqaro satndartlari
- “Buxgalteriya hisobi”.

 Magistraturada:
- “Boshqaruv hisobi”;
- “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari”;
- “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”;
- “Soliq hisoboti”;
- “Moliyaviy hisob”.

 

 2018-2019 o‘quv yilida kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan “Buxgalteriya hisobi nazariyasi”, “Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari”, “Moliyaviy va boshqaruv hisobi”, “Boshqaruv hisobi”, “Moliyaviy hisob va hisobot”, “Moliyaviy hisob”, “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari”, “Teoriya buxgalterskogo ucheta”, “Buxgalteriya hisobi” fanlari bo‘yicha o‘quv qo‘llanma va darsliklar tayyorlanib nashr etildi.

Ilmiy tadqiqot ishlari

 Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida buxgalteriya hisobi milliy standartlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot mavzusi sifatida tanlab olingan.

 

 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida Toshkent moliya institutida 2013-yil 14-dekabrda “Raqobatbardosh iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditning dolzarb masalalari”, 2014-yil 7-iyunda “Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida buxgalteriya hisobi, audit va tahlilni takomillashtirish yo‘nalishlari” mavzularida Respublika ilmiy-amaliy anjumanlari o‘tkazildi. Keyingi yillarda ilmiy-uslubiy ishlar borasida kafedra pedagog-xodimlari ijobiy natijalarga erishmoqda. Kafedra 2012-yildan Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy xalq respublikasi nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda “Madaniyat va Buxgalteriya uyushmasining anjumani” – xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etishni yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, 2013-yil Janubiy Koreyada o‘tkazilgan “The 7th Conference of Culture & Accounting Association. Faculty of Business Administration, Pukyong National University, South Korea”, 2014-yil Xitoy xalq respublikasida “The 8th Conference of Culture & Accounting Association” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Ushbu ilmiy-amaliy anjuman 2015-yilda Toshkent moliya institutida, 2016-yilda Yaponiyada o‘tkazildi. Shuningdek, kafedra tomonidan 2014-yilda “Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida buxgalteriya hisobi, audit va tahlilni takomillashtirish yo‘nalishlari” hamda Respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazilib, anjumanlar materiallari to‘plam bo‘lib chop etildi. 2018 yil 27 noyabr kuni “buxgalteriya hisobi” kafedrasi va Rossiya iqtisodiyot universiteti hamkorligida “Perspektivf ucheta, analiza i nalogooblajeniya v stranax – chlenax SNG” mavzusida video konferensiya o‘tkazildi. Kafedra assistenti Xalilov Sherzod Axmatovich O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi hamkorligidagi “Silkroute Eramus Mundus scholarship for PhD studies mobiliti” ilmiy granti g‘olibi bo‘lib, Ruminiya davlatining Aleksandra Ioan Cuza University of Iasi “Accountancy, Financial Managment” PhD yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olgan. 2016-2017 yillari “Latvian Government Scholarship for PhD research” dasturi asosida Latviya davlatining Turiba University “Business Administration” fakultetida ilmiy izlanishda bo‘lgan. 2018 yil ITEC dasturi bo‘yicha Hindiston davlatining National Insurance Academy da malaka oshirib qaytdi.  

 

 Kafedra katta o‘qituvchisi Obidov Raxmonali Rasulovich 2017 yil ITEC dasturi bo‘yicha Hindiston davlatida “Innovative Strategies for SME Development” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirdi.

Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda Ustoz-murabbiylar faoliyati

 Buyuk kelajagimizning haqiqiy ma’noda yaratuvchisi hisoblangan yoshlarni yuksak bilimli, zamonaviy texnologiyalarni mukammal egallagan, ayni paytda, tarixan tarkib topgan milliy qadriyatlarimizning asl durdonalarini o‘zida mujassam etgan komil inson, barkamol avlod sifatida voyaga yetkazish institut doirasida o‘tgan o‘quv yillari davomida olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning o‘zagini tashkil etadi.“Buxgalteriya hisobi” kafedrasi ustoz-murabbiylar faoliyati rejalari ishlab chiqildi va muhokama qilindi hamda institutning ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy-tarbiyaviy ishlari bo‘yicha prorektori tomonidan tasdiqlandi. Kafedraning pedagog-xodimlari ushbu rejaga asosan har bir o‘tkazilishi rejalashtirilgan yig‘ilish va tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirib kelmoqdalar. Shuningdek, ustoz-murabbiylar ishchi rejalari ham kafedra majlisida muhokama qilinib, fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini tomonidan tasdiqlangan. Kafedrada 18 ta o‘qituvchi asosiy shtatda bo‘lib, shulardan 9 tasi “Hisob va audit” fakultetining akadem guruhlariga murabbiy sifatida biriktirilgan. Har bir ustoz-murabbiy o‘z faoliyatiga mas’uliyat bilan yondoshib, “Ma’naviyat va ma’rifat saboqlari” soatlarini ishchi rejaga asosan bugungi kunning dolzarb muammolarini bartaraf etishga harakat qilgan holda olib bormoqdalar. Kafedra haftaliklari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar

Foto surati FISh Ilmi darajasi va unvoni e-mail
1

Karimov Akrom

kafedra mudiri i.f.d. professor karimovaa@tfi.uz
2 Pardayev Abdunabi i.f.d. professor

 

3

Norbekov Davranboy

i.f.n., dots.  
4 Quljonov Olim i.f.n., dots.  
5 Misirov Kamollidin I.f.n., dots  
6 Ochilov Ilyos i.f.n, dots

Ilyos0471@mail.ru

7 Xusinov Ibroxim i.f.n., dots.

 

8

To’rayev Abduraxim

i.f.n., dots. abdurahim_t@mail.ru
9

Ibragimov Komiljon

Ph.D., dots.

ikomiljon@mail.ru

10 Ostonoqulov Azamat PhD ostonokulov@rambler.ru
11 Djumanov Saidmurod  PhD  
12 G’aniyev Zafar Katta o’qituvchi  
13 Djanbakieva Gulnora Katta o’qituvchi  
14 Muxxammedova Dilfuza Katta o’qituvchi miha0019@mail.ru
15 Jumanazarov Sardor Katta o’qituvchi sardor_@inbox.ru
16 Iskanov Hojigit Katta o’qituvchi

 

17 Obidov Raxmonali Katta o’qituvchi

mars.or@mail.ru

18

Xayitboyev Muxammad

Katta o’qituvchi  
19

Xalilov Sherzod

O’qituvchi shkhalilov86@gmail.com
20 Xudoyberdiyev Odil O’qituvchi  
21 Qaxxarov Zuxriddin O’qituvchi  
22 Abdullayeva Nodira O’qituvchi Nodira1893@mail.ru
23 Tashmanov G’olib Katta o’qituvchi  
24 Abdullayev Aybek Katta o’qituvchi Aybek2004@mail.ru
25 Sultanova Nigora O’qituvchi Wise_man@list.ru

Sillabus

 Bakalavr:

Boshqaruv hisobi

Moliyaviy va boshqaruv hisob

Moliyaviy hisob va hisobot

Soliq hisoboti

Xizmat ko'rsatish subyektlarida buxgalteriya hisobi

Moliyaviy hisobotni xalqaro standartlari

Buxgalteriya hisobida autsorsing xizmati

 

 Magistratura:

Moliyaviy hisob

Moliyaviy hisobotni xalqaro standartlari

 

Success helper
Success warning