Ijtimoiy fanlar kafedrasi
Ijtimoiy fanlar kafedrasi

 Umumiy ma'lumotlar

 Kafedra mudiri : Oblomurodov Naim Halimovich

 

 Tarix fanlari doktori, professor

 

 Qabul vaqti :  1400 – 1700

 

 Telefon : (99) 300-57-05

 

 E-mail: ijtimoiyf@tfi.uz

 1952-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. 1974-yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tarix fakul’teti, 1999 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliya-kredit yo‘nalishi bo‘yicha magistraturasini tamomlagan. 1991-yildan “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyatini boshlab, 2018-yilning sentyabr oyidan “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.


 1981-yilda “O‘zbekiston mehnatkashlarini ikkinchi jahon urushi yillarida ozod qilingan rayonlarni xalq xo‘jaligini tiklashga yordami” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi, 1994 yilda “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalalari (1970-90 yillarda)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Qator xorijiy davlatlarda o‘z malakasini oshirgan. 80 dan ortiq ilmiy maqola, tezis, monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalar muallifi. 2011 yilda “O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Ijtimoiy fanlar kafedrasining tarixi

 1991-yil 13 - maydagi O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 3-iyundagi qaroriga muvofiq Toshkent moliya instituti tashkil etilgandan so‘ng  «Falsafa» va  “Tarix” kafedralari  tashkil etildi.

 

 1991 yildan boshlab t.f.d.prof.M.Usmonov, t.f.d., prof. Qamariddin Usmonov, tf.n.dots.F.Ziyaev, A.Xolbekov, t.f.n.dots.SH.SHoyakubov; «Falsafa» kafedrasida falsafa fanlari doktori, professor N.Mamatov, falsafa fanlari nomzodi, dotsent E.Rasulev, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent I.Masharipov rahbarlik qilgan. 2017 yil “O‘zbekiston tarixi” va “Falsafa va O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedralari birlashtirilib “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga dots.M.Primov rahbarlik qildi. 2018 yil noyabrda “Ijtimoiy fanlar” va “Jismoniy madaniyat va sport” kafedralari birlashtirildi. Bugungi kunda kafedrada 24 nafar, shu jumladan, 4 nafar fan doktori, professor, 6 nafar fan nomzodi, dotsent, 14 nafar katta o‘qituvchi, faoliyat yuritmoqda.

 

 Kafedra respublikamiz oliy o‘quv yurtlari bilan bir qatorda, bir necha nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan ham hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Ular jumlasiga, O‘zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent iqtisodiyot universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti kabilar kiradi.

 

 Kafedra pedagog xodimlari hozirgi kunda dolzarb hisoblangan respublikamiz ijtimoiy fanlarni rivojlantirish borasida izlanishlar olib bormoqdalar. Xususan,   O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyov tomonidan taklif etilgan 5 tashabbusni hayotga tadbiq etish bo‘yicha kafedrada chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

 

 Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning sifati va samaradorligini o‘zaro uyg‘unlashtirish uslubiyatini joriy qilish orqali kafedra tomonidan Kadrlar tayyorlash milliy dasturini to‘laqonli ta’lim tizimiga joriy etish, respublikamiz iqtisodiyotiga mustaqil fikrlaydigan, o‘z kasbiy faoliyatiga mas’uliyat bilan yondashadigan va istiqlol g‘oyalariga sadoqatli bo‘lgan barkamol avlodni voyaga etkazish asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida  Harakatlar strategiyasini  maqsad sifatida belgilab olingan.

 

 Kafedraning shiori: “Talabalarda milliy g‘urur, iftixor tuyg‘usini hamda ilmiy mushohada qobilyatini shakllantirish - bosh maqsadimiz”.

Ijtimoiy fanlar kafedrasida o‘quv-uslubiy ishlar

 Kafedra ta’lim jarayoni kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “Ta’lim to‘g‘risid”agi qonuni hamda boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya qilingan holda tashkil etilgan. Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalariga tasdiqlangan o‘quv va ishchi reja asosida o‘quv jarayoni tashkil etilgan bo‘lib, 7 ta fan yuzasidan ta’lim jarayoni olib borilmoqda.

 Bular umumiy yuklama hajmiga ko‘ra fanlar bo‘yicha quyidagicha:

- “O‘zbekiston tarixi” – 3013 soat;

- “Falsafa” - 2891 soat;

- “Dinshunoslik” - 1756 soat;

- “Fuqarolik jamiyati.O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” -  3244 soat;

- “Kasbiy pedagogika” - 333 soat;

- “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” – 1801 soat;

- “Tarbiyaviy ish metodikasi” - 167 soat;

 

 Kafedrada o‘qitiladigan fanlarning har biridan o‘quv-uslubiy majmualar, amaliy ish o‘yinlari, keys stadilar, slaydlar, jadvallar va boshqa ko‘rgazmali qurollar tayyorlangan va ulardan o‘quv jarayonida keng foydalanilmoqda.

 

 Professorlar N.Mamatov, Z.Davronov tomonidan “Falsafa” o‘quv qo‘llanma, N.Mamatov, G.Abdullaevalar tomonidan “Fanning falsafiy muammolari”, “Religiovedenie”, dotsent E.Rasulev, katta o‘qituvchilar V.Igoshin, A.Sultonovalar tomonidan “Etika. Estetika. Logika” uslubiy qo‘llanma, prof.S.Raximov, dots.I.Masharipov, katta o‘qituvchi N.Parpievalar tomonidan “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” o‘quv qo‘llanma, Oblomurodov N va boshqalar “O‘zbekiston tarixi” o‘quv qo‘llanma shuningdek, mualliflar Q.Usmonov, M.Sodiqov va S.Burxonovalar tomonidan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun “O‘zbekiston tarixi” darsligi, 5-sinf umumta’lim maktab o‘quvchilari uchun “Tarixdan hikoyalar”, 7-sinf umumta’lim maktab o‘quvchilari uchun “O‘zbekiston tarixi”,  va boshqa ko‘plab darsliklar chop etib kelinmoqda. Bundan tashqari, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, monografiyalar chop etib kelinmoqda.

 

 Kafedra pedagog xodimlari o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishda multimedia jihozlaridan, mavzular bo‘yicha ishlab chiqilgan POWER POINT formatidagi taqdimotlardan hamda boshqa kompyuter texnologiyalaridan, audio va video jihozlardan foydalanishmoqda.

 

 Shuningdek, ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslari respublikamizda amalda soliqlar va boshqa majburiy to‘lov turlarining hisoblanish uslubiyatini tavsiflovchi tarqatma materiallar, tahliliy jadvallar, slaydlar hamda ko‘rgazmali qurollardan foydalangan holda olib borilmoqda.

 

  Falsafa ishchi dastur 2019-2020 .pdf  [0.67 mb]

 

  Falsafa O'UM 2019-2020 .pdf [15.6 mb]

 

  Стратегия развития узбекистана. Гражданское общество.pdf [9.26 mb]

 

Ijtimoiy fanlar kafedrasining innovatsion faoliyati

 “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tashkil qilinganidan so‘ng kafedraning pedagog xodimlari chet el grantlari asosida xorijiy mamlakatlarda tajriba orttirib, o‘z malakalarini oshirmoqdalar. Xususan, kafedra katta o‘qituvchilari S.To‘laganova va A.Maxammadievlar Chexiya Respublikasining Iqtisodiyot va menejment oliy maktabida, (2013 yil) tajriba almashinuvida bo‘ldilar. A.Maxammadiev 2017 yil Hindistonda Teri universiteti, 2019 yilda I.Masharipov Lomonosov nomidagi MGUda malaka oshirish dasturida ishtirok etib qaytdi.

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar

Foto surati FISh Ilmi darajasi va unvoni e-mail
1

Oblomurodov Naim Halimovich

Т.f.d.professor,

kafedra mudiri

 
2 Davronov Ziyot Davronovich F.f.d, professor

 

3

Rahimov Samin Rahimovich

F.f.d, professor  
4 Norboyev To’ra Norboyevich F.f.n., dotsent  
5 Masharipov Ikromjon Batirovich S.f.n., dotsent  
6 Ziyayev Farhod Sobirovich Т.f.n., dotsent

 

7 Pirimov Muhiddin Narzullayevich F.f.n., dotsent

 

8

Sultonova Aziza Rixsiboevna

Katta o’qituvchi  
9

Abdullayev Azam Abdiyevich

Katta o’qituvchi.  
10 Avalova Gulshod Murodullayevna Katta o’qituvchi  
11 Burhonova Sabo To’lanovna Katta o’qituvchi  
12 Parpiyeva Nargiza Tohirovna Katta o’qituvchi  
13 Rahmonov Abdurauf Muhammedovich Katta o’qituvchi  
14 Xolbekov Abdujamol Yaxshiboyevich Katta o’qituvchi  
15 Okyulov Hasan Omanbayevich Katta o’qituvchi  
16 Mahmudov Kamol Samadovich Katta o’qituvchi aonodilov91@gmail.com
17 Adilov Farhod Abduvaliyevich Katta o’qituvchi  
18 Ahmedov Sohib Saimovich Katta o’qituvchi  
19 Mingnarov Abduholiq Tashmirzayevich Katta o’qituvchi  

Ijtimoiy fanlar kafedrasida ilmiy-tadqiqot ishlari

 “Ijtimoiy fanlar” kafedrasining ustuvor ilmiy yo‘nalishi  “Fuqarolik jamiyatining shakllanishining ijtimoiy falsafiy, tarixiy asoslari” hisoblanadi.

 

 Kafedraning ilmiy salohiyati 46 foiz, shu jumladan, ilmiy salohiyatlilarning o‘rtacha yoshi 55  yoshni tashkil etadi. Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi kafedra faoliyatini eng asosiy va ajralmas qismi bo‘lgani holda, mazkur yo‘nalishdagi ishlarga kafedraning pedagog xodimlari, tadqiqotchi ilmiy xodimlari va izlanuvchilari jalb etilgan.

 

 Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar mavzulari institut Kengashi tomonidan tasdiqlangan.

 

 Ilmiy ishlarning qay darajada kechayotganligi va erishilayotgan natijalar kafedraning har oylik yalpi yig‘ilishlarida muhokama etib boriladi. So‘nggi yillar mobaynida kafedra pedagog xodimlari va tadqiqotchilaridan F.Adilov, A.Raxmonov, A.Sultonova PhD, I.Masharipov, T.Norboevlar DS dissertatsiyalari ustida ish olib bormoqdalar.

 

 Kafedra pedagog xodimlari faoliyatida respublika va xorij jurnallarida ilmiy maqolalar bilan chiqishlar alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ularning har biri o‘zlarining ilmiy ish mavzularining dolzarb jihatlarini o‘zida mujassam etgan ilmiy maqolalari bilan chiqishlar qilmoqdalar.

 

 2018-2019 o‘quv yillarda kafedra pedagog xodimlari tomonidan 4 ta monografiya prof.Z.Davronov “Ijtimoiy determinizm va iqtisodiyot”, prof.N.Oblomurodov “O‘zbekistonda soliqlar tarixi”, “Agrarnoe proizvodstvo v Uzbekistane”, dots.T.Norboev tomonidan “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning konseptual – metodologik masalalari”, shuningdek,   “Falsafa”, “Dinshunoslik”, “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanlaridan darsliklar tayyorlandi. 46 ta ilmiy maqola (shundan 20 tasi xorijda), 100 ta tezislar nashr etilgan.

Ijtimoiy fanlar kafedrasining ma’naviy-ma’rifiy ishlari

 Institutning 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari rejasi asosida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasida Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari  rejasi tuzilgan. Tasdiqlangan reja asosida Ijtimoiy fanlar  kafedrasida ma’naviy va ma’rifiy ishlar o‘quv yili davomida amalga oshirilib kelinmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari ma’naviy va ma’rifiy ishlarga to‘liq jalb qilingan bo‘lib 2019-2020 o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari institut va fakultet miqyosida  o‘tkazilib kelingan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashib kelmoqda.

 

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar – kelajagimiz!” davlat dasturi to‘g‘risidagi PF-5466-sonli farmoni ijrosini taminlash, tadbirkorlik faoliyatiga qiziqish bildirgan yoshlarni biznes saboqlariga o‘qitish va ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini kengaytirish maqsadida, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari Toshkent shahridagi Oliy ta’lim muassasalarining talabalari uchun sayyor seminarlarni o‘tkazib kelishmoqda.

 

Yunusobod tumanida joylashgan mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar jadvaliga muvofiq Ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan Yunusobod tumanidagi 9-sonli va 96-sonli maktablarda turkum mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda davra suhbatlari o‘tkazilib kelinmoqda.

 

 2019 yil 3 may sanasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda “YOshlarning huquqiy madaniyati va ongini oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik Jo‘raev Muhiddin O‘tkirovich, Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining “YOshlar masalalari bo‘yicha” o‘rinbosari podpolkovnik Vafoev Mahkam Mirjonovich, Yunusobod tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Saidov Olim Choriqulovich qatnashdi. Tadbir so‘ngida “Sarobga aylangan orzular” hujjatli film namoyishi etildi.

 

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2019 yil 25 martdagi 09/1-1076 son topshiriq xatiga asosan Respublikadagi barcha imom-xatib va imom noiblarining “O‘zbekiston taraqqiyoti yangi bosqichida diniy hodimlar oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusida malakasini oshirish bo‘yicha o‘quvlarini tashkil etish belgilangan. Shu xatga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 25 martdagi  №87-02-703 sonli xatiga asosan institut rektorining bo‘yrug‘i bilan birinchi bosqichda joriy yilning 26 mart - 18 aprel kunlari kafedraning ikki nafar professor-o‘qituvchilari prof. Z.Davronov va dots. M.Primovlar hukumat topshirig‘i bilan Farg‘ona va Namangan viloyatlarida faoliyat yuritayotgan imom xatiblar va imom noiblari malaka oshirishi bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv jarayonida ma’ruzachi sifatida taklif etilgan.

Ijtimoiy fanlar kafedrasi bilan bog‘lanish uchun ma’lumotlar

 Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, A.Temur ko‘chasi, 60-A uy, 107-xona

 Tel.: (+99871) 235-60-23

 Email: www.tfi.uz/ifk

 

Success helper
Success warning