Menejment kafedrasi
Menejment kafedrasi

  Umumiy maʼlumotlar

 Kafedra mudiri:  Nabiyev Elshod Gʻaniyevich

 Qabul vaqti:1400 – 1700

Telefon: (+998 71) 234-04-88

 E-mail:  mvm@tfi.uz

 Veb-sayt: www.tfi.uz

Kafedrada rahbarlik qilgan professor-oʻqituvchilar haqida maʼlumot

  

Kafedraning birinchi mudiri – akademik Murod Sharifxoʻjayev 1991-1998-yilgacha boshqargan.

  1998-2005-yillarda, i.f.n., dotsent Shukur Zafarxoʻjayev

  2005-2008-yillarda, i.f.n., dotsent Dildora Sobirjonova

  2008-2013-yillarda, i.f.d., professor Fotima Nazarova

  2013-2015-yillarda, i.f.n., dotsent Otabek Jumayev

  2015-2017-yillarda, i.f.n., dotsent Xurshid Asatullayev

  2017-yil oktyabr oyidan boshlab kafedraga , i.f.d., professor  E.Gʻ.Nabiyev rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra tarixi

  “Menejment va marketing” kafedrasi 1991-yilda akademik Murod Sharifxoʻjayev tashabbusi bilan “Menejment“ kafedrasi sifatida tashkil etilgan. Dastlabki kunlardan boshlab kafedra professor-oʻqituvchilari “Menejment va marketing asoslari”, “Menejment nazariyasi”, “Marketing”, “Mehnat iqtisodiyoti. Inson taraqqiyoti”, “Strategik boshqarish”, “Strategik menejment”, “innovatsion menejment”, “Personalni boshqarish”, “Sifat menejmenti” kabi 20 dan ortiq fanlardan institut bakalavr taʼlim yoʻnalishi va magistratura mutaxassisligidagi talabalarga taʼlim berib kelmoqdalar. Kafedra yildan-yilga oʻz faoliyatini kengaytirib bormoqda. 2002-yilda “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”dan kelib chiqib kafedra bazasida 5340200 - “Menejment” (sohalar va tarmoqlar boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi ochildi. Hozirda kafedra bazasida 5230200- “Menejment”(tarmoqlar va sohalar) boʻyicha mutaxassis kadrlar tayyorlanyapti. 

Kafedra oʻz faoliyati davomida respublikamizning boshqaruv tizimiga va korxonalar faoliyatiga yetuk mutaxassislarni, shuningdek, oʻz sohasini mukammal oʻzlashtirgan pedagog-olim va faol iqtisodchilarni tayyorlab kelmoqda.

  Mustaqillik yillarida kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, ushbu davrda kafedrada 5 ta fan nomzodlari etishib chiqdi.

Kafedra boʻyicha belgilangan shtat birligi

  Ҳозирги кунда кафедрада 2 та фан доктори, профессорлар, 5 та фан номзоди, доцентлар, 6 та катта ўқитувчилар, 7 ассистентлар фаолият олиб бормоқдалар. Кафедранининг илмий салоҳияти 34%ни ташкил қилади.

Kafedraga biriktirilgan taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisliklar

  5230200 – Menejment (bakalavriat);

  

  5A230201 – Menejment (magistratura);

Kafedra professor-oʻqituvchilari taʼlim beradigan yoʻnalishlar va mutaxassisliklar (bakalavriat va magistratura kesimida)

 

Bakalavriat:

  5230200 – Menejment (tarmoqlar va sohalar);

  5230200 – Menejment (xizmatlar sohasi);

  5111000 – “Kasb taʼlimi ( 5230700 - Bank ishi, 5230900-Buxgalteriya hisobi va audit, 5230600-Moliya)”;

  5230700 –Bank ishi;

  5230800–Soliqlar va soliqqa tortish;

  5230900–Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar  boʻyicha);

  5231200 –Sugʻurta ishi;

  5231300 –Pensiya ishi;

  5231500–Baholash ishi;

  5232000 –Davlat byudjetining gʻazna ijrosi;

  5230600-Moliya;

  5232100-Korporativ moliya.

  Magistratura:

  5A230201 – Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha).

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilar

Foto surati FISH Ilmi darajasi va unvoni     E-mail
1

 

Nabiyev Elshod Gʻaniyevich

 

I.f.d., professor nabiev@tfi.uz
2 Nazarova Fotima Xakimovna I.f.d., professor

nazarova@tfi.uz

3

 

Ermatov Toxir Sharipjonovich

 

I.f.d., professor ermatov@tfi.uz
4 Xamdamova Gavxar Absamatovna I.f.n., dotsent hamdamova@tfi.uz
5 Jalolova Dildora Jamolovna I.f.n., dotsent

jalolova@tfi.uz

6 Gʻoyipnazarov Sanjar Baxodirovich     PhD, dotsent

goyibnazarov@tfi.uz

7

Raxmatullayeva Nargiza Oktyabrevna

Katta oʻqituvchi rahmatullayeva@tfi.uz
8

Bazarova Fayyoza Tuxtamurodovna

Katta oʻqituvchi bozorova@tfi.uz
9 Musayeva Zamira Nuriddinovna Katta oʻqituvchi musaeva@tfi.uz
10 Mamurov Samadjon Igamnazarovich Katta oʻqituvchi mamurov@tfi.uz
11 Xudoyberdiyeva Dilafroʻz Abidovna Katta oʻqituvchi hudoyberdiyeva@tfi.uz
12 Shadmanov Xayrulla Nosirillayevich Katta oʻqituvchi shodmonov@tfi.uz
14 Achilova Shirin Shavkat qizi Oʻqituvchi achilova@tfi.uz
15 Sobirjonov  Sanjar Sobirjonovich Oʻqituvchi sobirjonov@tfi.uz
16

Karimov Akramjon Ikromjon oʻgʻli

Oʻqituvchi karimov@tfi.uz

Oʻquv-uslubiy ishlar

  Kafedraning professor-oʻqituvchilari tomonidan Davlat taʼlim standartlari talabiga asosan, bakalavriat boʻyicha 15 ta fandan oʻquv dasturi va ishchi oʻquv dasturlari tayyorlandi. Jumladan: “Menejment.Marketing”, “Menejment”, “Marketing”, “Ijtimoiy menejment”, “Strategik menejment”, “Innovatsion menejment”, “Sifat menejmenti”, “Xalqaro menejment”. Yangi avlod darsliklarini yaratishda ham kafedra oʻz salohiyatiga ega boʻlib, “Xalqaro menejment”, “Operatsion menejment”, “Menejment.Marketing”, “Innovatsion menejment”, “Menejment” kabi darsliklar reja asosida yaratilmoqda. Modul tizimi asosida barcha fanlardan elektron oʻquv-uslubiy majmualar yaratilgan va institutning VEB-saytiga kiritilgan. Kafedra professor-oʻqituvchilari muntazam ravishda malaka oshirmoqdalar. TDIU qoshidagi malaka oshirish markazlarida barcha oʻqituvchilar oʻz malakalarini oshirdilar. Xorijdagi yuqori salohiyatli professor-oʻqituvchilarni taʼlim jarayoniga jalb etilish rejasiga asosan 2019-yilda “Menejment va marketing” kafedrasiga quyidagi yetakchi xorijiy oʻqituvchilari:

 - Badrulzaman Jafaar (Malayziya “Mara texnologiyalar universiteti”);

 - Junainah Junid (Malayziya “Mara texnologiyalar universiteti”) kelishdi.

 

  Kafedradagi turli ishlarda barcha professor-oʻqituvchilar faol ishtirok etdilar. Kafedra pedagog xodimlaridan E.Nabiyev, G.Xamdamova, N.Raxmatullayeva, S.Gʻoyipnazarov va boshqalar xalqaro va Respublika ilmiy anjuman toʻplamlarida, jurnallarida oʻzlarining ilmiy maqolalari, tezislari bilan 2018-2019 oʻquv yili davomida muntazam faol qatnashib kelmoqdalar.

Kafedraning ilmiy tadqiqot faoliyati

  Kafedraning ilmiy-tadqiqot yoʻnalishi “innovatsion menejmentni tashkil etish va boshqarishning asosiy yoʻnalishlari” boʻlib, kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlariga professor-oʻqituvchilar, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar jalb etilgan. Kafedraning ilmiy-tadqiqot yoʻnalishi boʻyicha 2018-yil davomida kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan chop etilgan monografiyalar soni 2 ta, qoʻlga kiritilgan patentlar soni 1 ta, xorijiy ilmiy maqolalar 6 ta, mahalliy jurnallarda 25 ta, mahalliy anjumanlarda chop etilgan tezislar soni 32 tani tashkil etdi. Hozirgi kunda har bir kafedra aʼzosi oʻziga biriktirilgan mavzu asosida ilmiy rahbarlari bilan kelishilgan holda tuzilgan kalendar ish rejalariga muvofiq ilmiy tadqiqotlarini olib bormoqdalar. Kafedra professor-oʻqituvchilaridan i.f.d., prof. E.Nabiyev va i.f.d., prof. F.Nazarova iqtisodiyot va menejment yoʻnalishi boʻyicha ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashlarga aʼzo hisoblanadi. Kafedra oʻqituvchisi S.B.Gʻoyipnazarov 08.00.10 -“Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti” ixtisosligi boʻyicha “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda mehnatni muhofaza qilishning ilmiy asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi ximoyasini amalga oshirdi. Shuningdek, kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan yaratilgan “Innovatsion menejment”, “Menejment.Marketing”, “Menejement” singari oʻquv qoʻllanmalar 2018-yilda nashr etildi. Barcha kafedra aʼzolari xalqaro va respublika doirasidagi ilmiy amaliy konfrensiyalarga muntazam qatnashib, impakt faktori yuqori boʻlgan ilmiy jurnallarga oʻz maqolasini berishgan. Kafedra oʻqituvchisi, mustaqil tadqiqotchi Sh.R.Xayitmirotov iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimida innovatsion sifat boshqaruvi strategiyasi” mavzusida ilmiy ishini amalga oshirmoqda. Kafedra oʻqituvchisi, mustaqil tadqiqotchi Sh.N.Xodjayeva iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “ASMda innovatsion boshqaruv usullarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy ishini amalga oshirmoqda. Kafedra oʻqituvchisi, mustaqil tadqiqotchi S.S.Sobirjonov iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Iqtisodiyotni erkinlashtirishning ilmiy-nazariy asoslar va milliy iqtisodiyotdagi xususiyatlari” mavzusidagi ilmiy ishini amalga oshirib kelmoqda. Kafedra tomonidan RFB “Toshkent”, AJ “Foton”, ATB “Ipoteka bank”, AJ “Agrolizing”, AJ “Uzsavdouskunalari”, QK “Roision elektoniks”, MCHJ “Uch tepa sahovat” kabi korxonalar bilan uzoq muddatli shartnoma tuzilgan. Kafedrada hozirgi vaqtda 1 amaliy grant mavjud.

Kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan olib borilyotgan ilmiy ishlar

  Assistenit. Xayitmirotov Sherzod Raxmatovich– “Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimida innovatsion sifat boshqaruvi strategiyasi”;

   Assistenit. Sobirjonov Sanjar Sobirjonovich – “Iqtisodiyotni erkinlashtirishning ilmiy-nazariy asoslari va milliy iqtisodiyotdagi xususiyatlari”.

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar

  Toshkent moliya instituti “Menejment” fakulteti “Menejment va marketing“ kafedrasi mudiri i.f.d. prof. E.Nabiyev rahbarligida professor-oʻqituvchilar 2018/2019 oʻquv yili uchun tasdiqlangan maʼnaviy-maʼrifiy yillik tadbirlar jadvaliga muvofiq faoliyat olib bormoqdalar. Jumladan, institut maʼruzalar zali, ARM zalida, talabalar turar joyida kafedra haftaliklari oʻtkazilmoqda. 2018-2019 oʻquv yilida yoshlarning zamonaviy texnika va texnologiyalarga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash, ularda ijodiy tafakkur va yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish maqsadida guruh rahbarlari “Menejment” fakulteti talabalari bilan birgalikda “Oʻzekspo-markaz”da boʻlib oʻtayotgan barcha koʻrgazmalarga tashrif buyurmoqdalar. oʻqituvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini yanada oshirish, oʻquvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytirish, ularning maʼnaviy-maʼrifiy bilimlari va dunyoqarashini yanada oshirish hamda oliy taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida kafedra va Toshkent shahri Yunus-Obod tumanidagi 63-maktab bilan oʻzaro hamfikrlilik memorandumini imzoladilar. Memorandum asosida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.

Xalqaro hamkorlik

  Menejment va marketing kafedrasi ilmiy-tadqiqot, oʻquv uslubiy sohada qator mamlakatlar nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan. Xususan, joriy yilda Malayziyaning Mara universiteti bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan.

Kafedraning innovatsion-korporativ hamkorligi, oliy taʼlim – ilm-fan – ishlab chiqarish integratsiyasi yoʻnalishidagi ishlari

 Kafedra quydagi Vazirlik, idora va tashkilotlar bilan innovatsion korporativ hamkorlik olib bormoqda:

 - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;

 - Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlantirish vazirligi;

 - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi;

 - “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati;

 - RFB “Toshkent” aksiyadorlik jamiyati;

 - Fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarnining 2018-yil uchun davlat byudjeti asosida moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari borasida ham faoliyat amalga oshirilmoqda.

Kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan nashr etilgan oʻquv, oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlar

  Toshkent moliya instituti “Menejment” fakulteti “Menejment va marketing“ kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan 2018-2019 oʻquv yili davomida bakalavriat va magistratura taʼlim yoʻnalishlari uchun “Menejment.Marketing”(E.Nabiyev, S.Gʻoyipnazarov), “innovatsion menejment”(G.Hamdamova), “Strategik menejment” (N.Rahmatullayeva), “Menejment”(F.Bazarova), “Taqqoslama menejment” (D.Jalolova, D.Hudoyberdiyeva), “Operatsion menejment” (T.Ermatov) darsliklari hamda “Menejment.Marketing”(E.Nabiyev, S.Gʻoyipnazarov), “Menejment”(F.Bazarova), “Xalqaro menejment” (F.Nazarova) oʻquv qoʻllanmalari yaratildi.

Iqtidorli yoshlar bilan amalga oshirilgan ishlar

  Kafedrada iqtidorlik yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish boʻyicha qator tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Yosh marketologlar” ilmiy toʻgaragi muntazam ravishda ish olib borayotgan boʻlib, ushbu toʻgarakda har oyning oxirgi haftasida Oʻzbekiston respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirligi, RFB “Toshkent” Aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzagrolizing” Aksiyadorlik jamiyati etakchi mutaxassislar jalb qilingan holda mashgʻulotlar tashkil etilmoqda.
 

Kafedraning ilmiy tadqiqot faoliyati

       Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi “Innovatsion menejmentni tashkil etish va boshqarishning asosiy yo’nalishlari” bo‘lib, kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlariga professor-o‘qituvchilar, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar jalb etilgan. Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi bo’yicha 2018 yil davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan monografiyalar soni 2 ta, qo‘lga kiritilgan patentlar soni 1 ta, xorijiy ilmiy maqolalar 6 ta, mahalliy jurnallarda 25 ta, mahalliy anjumanlarda chop etilgan tezislar soni 32 tani tashkil etdi. Hozirgi kunda har bir kafedra a’zosi o‘ziga biriktirilgan mavzu asosida ilmiy rahbarlari bilan kelishilgan holda tuzilgan kalendar ish rejalariga muvofiq ilmiy tadqiqotlarini olib bormoqdalar. Kafedra professor-o’qituvchilaridan i.f.d., prof. E.Nabiyev va i.f.d., prof. F.Nazarova iqtisodiyot va menejment yo’nalishi bo’yicha ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashlarga a’zo hisoblanadi. Kafedra oʻqituvchisi S.B.Gʻoyipnazarov 08.00.10 -“Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti” ixtisosligi boʻyicha “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda mehnatni muhofaza qilishning ilmiy asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi ximoyasini amalga oshirdi. Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan “Innovatsion menejment”, “Menejment.Marketing”, “Menejement” singari o‘quv qo‘llanmalar 2018 yilda nashr etildi. Barcha kafedra a’zolari xalqaro va respublika doirasidagi ilmiy amaliy konfrensiyalarga muntazam qatnashib, impakt faktori yuqori bo’lgan ilmiy jurnallarga o’z maqolasini berishgan. Kafedra oʻqituvchisi, mustaqil tadqiqotchi Sh.R.Xayitmirotov iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimida innovatsion sifat boshqaruvi strategiyasi” mavzusida ilmiy ishini amalga oshirmoqda. Kafedra oʻqituvchisi, mustaqil tadqiqotchi SH.N.Xodjayeva iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “ASMda innovatsion boshqaruv usullarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy ishini amalga oshirmoqda. Kafedra tomonidan RFB “Toshkent”, AJ “Foton”, ATB “Ipoteka bank”, AJ “Agrolizing”, AJ “Uzsavdouskunalari”, QK “Roision elektoniks”, MCHJ “Uch tepa sahovat” kabi korxonalar bilan uzoq muddatli shartnoma tuzilgan. Kafedrada hozirgi vaqtda 1 amaliy grant mavjud.

 

Sillabus

Innovatsion menejment

Inson resurslarini boshqarish

Kadrlar menejmenti

Menejmentning tadqiqot usullari

Tizimli menejment nazariyasi

Oziq ovqat sanoati texnologiyasi

Strategik marketing

Personalni boshqarish

Birja va yarmarka faoliyatini boshqarish

Xalqaro menejment

Marketing

Menejment ( menejment va kasbiy faoliyat asoslari)

Menejment

Xizmatlar sohasi menejmenti

Marketingni boshqarish

Ijtimoiy menejment

Strategik menejment

Tavakkalchilikni boshqarish

Sifat menejmenti

Menejment. marketing

Taqqoslama menejment

Success helper
Success warning