Oliy matematika, statistika va ekonometrika kafedrasi
Oliy matematika, statistika va ekonometrika kafedrasi

 Umumiy ma'lumotlar

 Kafedra mudiri: Xashimov Abdukomil Risbekovich

 

 Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent

 

 Qabul vaqti: 1400 – 1700

 

 Telefon: (71) 235-56-25

 

 E-mail: ovam@tfi.uz

 1962 yil Toshkent viloyati Bekobod tumanida tug’ilgan. 1984 yilda Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika instituti matematika fakultetini tugatgan. 1992-1995 yillarda O’zRFA matematika institutida aspiranturani, 2002-2005 yillarda esa shu institutda doktoranturani tugatib, 1998 yil fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo’lgan. 1 ta monografiya, 4 ta o’quv qo’llanma, 60 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

 

 Bir nechta grantlar: respublika (2012-2016, 2017-2020) va chet el (Volkswagen Stiftung, 2013-2016, TWAS, 2015-2017, MRU-OT-1/2017) ilmiy grantlari sohibi.

Kafedra tarixi

 “Oliy va amaliy matematika” kafedrasi 1991 yil may oyida Toshkent xalq xo’jalik instituti (hozirgi paytda Toshkent Iqtisodiyot universiteti)dan Toshkent moliya institutining ajralib chiqishi munosabati bilan tashkil etilgan.

 

 Kafedraga 1991-2011 yillarda iqtisod fanlari doktori, professor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi Q.Safaeva 2011 yildan boshlab esa kafedraga fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent A.R. Xashimov mudirlik qilib kelmoqda.

 

 A.R.Xashimovning ilmiy faoliyati matematikaning differentsial tenglamalar yo’nalishiga bag’ishlangan bo’lib, uning bu yo’nalishda 60 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. Ulardan 10 dan ortig’i nufuzli xorij jurnallaridadir. Uning ilmiy-uslubiy mehnatlarining samarasini uning avtorligida chop etilgan quyidagi adabiyotlarda ko’rish mumkin: Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika (2013), Iqtisodchilar uchun matematika (2017), Iqtisodiy matematika (2018), Iqtisodchilar uchun matematika fanidan mustaqil ta’lim topshiriqlari (2018).

 

 Kafedra professor-o’qituvchilari tamonidan 100 dan ortiq turli o’quv-uslubiy adabiyotlar va bir necha darsliklar yaratilib, 350 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Bu ishlarning natijasi sifatida kafedra professor-o’qituvchilari Respublika (2012-2016, 2017-2020) va chet el (Volkswagen Stiftung, 2013-2016, TWAS, 2015-2017, MRU-OT-1/2017) ilmiy grantlari sohibi bo’lishdi.

 

 “Statistika” kafedrasi 1991 yil may oyida Toshkent moliya institutida tashkil etilgan. Statistika kafedrasining asosiy maqsadi bo’lajak iqtisodchilarga statistika fanlari va ularning faoliyati bo’yicha bilimlarni berish, real statistik ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash va tahlil qilish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.

 

 Dastlab kafedrada 11 nafar professor-o’qituvchilar o’z faoliyatini olib borgan: i.f.n., prof. M.Xamraev, i.f.d., prof. Yo.Abdullaev, i.f.n., dots. Z.Toshmatov, i.f.n., dots. X.Xo’jaqulov,  i.f.n., dots. N.Nabijo’jaev, i.f.n., dots. T.Umbarov i.f.n., dots. K.Kazibekov, i.f.n., dots. M.Erkaboev, i.f.n., N.Guterts, o’qituvchilar  M.Xo’jaeva va I.Sagatov.

 

 O’tgan 25 yil ichida kafedrada 1 ta fan doktori (Z.Toshmatov), 2 ta fan nomzodi (N.Rashitova, M.Umarova) tayyorlangan.

 

 Kafedra tashkil bo’lgan davrdan to 2003 yilgacha unga iqtisod fanlari nomzodi, professor M.Xamraev,  2003 yildan 2012 yilgacha i.f.d., prof. X.Shodiev mudirlik qilgan. 2012 yildan 2018 yilga  qadar kafedraga i.f.n. N.Rashitova, 2018-2019 yillar kafedraga i.f.d. prof. Z. Toshmatov  mudirlik qilib kelgan.

 

 Ular rahbarligida kafedra o’z faoliyatini professor-o’qituvchilarning ilmiy va pedagogik salohiyatini ko’tarish, o’quv jarayonini adabiyotlar bilan to’la ta’minlash, zamonaviy o’quv uslublarini amalda qo’llash vazifalariga qaratgan bo’lib, bu borada sezilarli darajada yutuqlarga erishilgan.

 

 Kafedra tashkil etilgandan buyon professor o’qituvchilar tomonidan 100 dan ortiq darslik, o’quv-uslubiy adabiyotlar yaratilib, ular bilan talabalarning to’la ta’minlanishiga erishilgan.

 

 Shu o’rinda kafedrada uzoq yillar mehnat qilib, hozirda oramizda bo’lmagan marhum professor- o’qituvchilar M.Xamraev, N.Guterts, M.Muxrumbaevalar hamda nafaqada bo’lgan dots.X.G’ozievlarni ham eslab o’tish joizdir.

Kafedra ilmiy-tadqiqot ishlari haqida

 “Oliy  matematika,statistika va ekonometrika” kafedrasining  ilmiy-tadqiqot ishlari quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi:

  1. - Bozor iqtisodiyotini modellashtirish. (M.Raxmonov, F.Qodirov);
  2. - Differentsial tenglamalar va funktsional analiz (A.Xashimov,  Sh.Babadjanov, N.Ochilova, A.Sotvoldiev, M.Axmedov, D.Ro’zimurodova, X.Djumaniyozova, Q.Xolbozorov);
  3. - Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika (I.Mamurov);
  4. - Matematika fanini o’qitish texnologiyalari (M.Sherqo’ziev, R.Qodirov, G.Xo’janiyozova, S.Turdaxunova);
  5. - Deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasi (A.Abdukarimov, A.Saliev).
  6. - Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari faoliyatining samaradorligini ekonometrik   modellashtirish (I.Xabibullaev, B.Utanov);
  7. - Ekonometricheskiy i statisticheskiy analiz protsessov razvitiya malogo biznesa i chastnogo predprinimatelstva   ( I. Xabibullaev,  A.Kalanova).
  8. - O’zbekistonda demografik jarayonlarni o’zgarishi va aholi salmatligi o’rtasidagi bog’lanishni statistik o’rganish (Xo’jaqulov, A.Jamaldinova)
  9.  - “Mintaqalar iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish va investitsion jozibadorligini baholash” (X.Shodiev, Z.Nuriddinov)

 

 Ilmiy ishlar natijalari monografiya, ilmiy maqola va ma’ruza tezislari ko’rinishida chop etilgan. Masalan, oxirigi 3 yilda 4 ta monografiya, Respublika ilmiy jurnal va to’plamlarida 200 ta, xorijiy jurnal va to’plamlarda 35 ta maqola chop etilgan.

Iqtidorli talabalar bilan ishlash

 Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash reja asosida tashkil qilingan. Hisob va audit fakultetida dots. Sh.Babadjanov rahbarligida “Iqtisodiyotda matematika”  va R.Urunov “Yosh statistik” nomli to’garak tashkil qilingan.

 

 Ushbu to’garaklarda talabalar ilmiy ma’ruzalar va ilmiy maqolalar tayyorlaydilar hamda institut miqyosida tashkil qilinadigan an’anaviy anjumanlarda qatnashadilar. Kafedraning qolgan o’qituvchilari ham reja asosida iqtidorli talabalar bilan ishlaydilar hamda ilmiy konferentsiyalarga tayyorlaydilar.

 

 Bunday to’garak Kredit-iqtisod fakultetida dots. I. Mamurov tomonidan tashkil qilingan. Ushbu to’garak doirasida talabalar ilmiy ma’ruzalar tayyorlaydilar va kafedra tomonidan har yili o’tkaziladigan konferentsiyaga va matematik olimpiadaga tayyorlanadilar.

 

 Kafedrada har yili institutning iqtidorli talabalari orasida matematik olimpiada va ilmiy anjuman o’tkazadi va eng yaxshi deb topilgan ma’ruzalar kafedraning “Matematika va uni o’qitishning innovatsion metodlar” ilmiy maqolalar to’plamlarida nashr etildi.

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar

Foto surati FISh Ilmi darajasi va unvoni E-mail
1

 

Toshmatov Zoir Xudayberganovich

 

I.f.d., prof. Zair49@mail.ru
2 Abdullayev Yorqul I.f.d., prof. bakiyeva@mail.ru
3 Xabibullayev Ibrohim I.f.d., prof. xabibullayev@mail.ru
4 Shadiyev Xamid Azimovich  I.f.d., prof. shodiyev@mail.ru
5 Xo’jaqulov Xaidmurat Djavliyevich I.f.d., prof. xo’jaqulov@mail.ru
6

Abdikarimov Rustamxan Alimxanovich

Fizika-matematika fanlari doktori, professor v.b.

abdukarimov@tfi.uz
7

Sherkuziyev Mamadiyar

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent

sherkuziyev@tfi.uz
8

Babadjanov Shopulat Shomashrabovich

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent babadjanov@tfi.uz
9

Mamurov Igamnazar Narbayevich

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent mamurov1@tfi.uz
10

Saliyev Abdumajit Abdikadirovich

Fizika-matematika fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi soliyev@tfi.uz
11

Tojiyev Ilxom Ibraimovich

Fizika-matematika fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi tojiyev@tfi.uz
12

Raxmanov Mexridin Sindarovich

Katta o‘qituvchi raxmonov@tfi.uz
13

 

Kalanova Aziza Baxadirovna 

 

Katta o‘qituvchi kalanova@mail.ru
14

Qodirov Farxod Amirovich

Katta o‘qituvchi qodirov1@tfi.uz
15

Sotvoldiyev Akmal Ibroximovich

Katta o‘qituvchi sotvoldiyev@tfi.uz
16

Turdaxunova Salima Tadjibayevna

Katta o‘qituvchi turdaxunova@tfi.uz
17

Xujaniyozova Gullola Satimbayevna

Katta o‘qituvchi xujaniyozova@tfi.uz
18 Sayfullayev Siddiq Nosirovich  Katta o‘qituvchi sayfullayev@mail.ru
19 Urunov Ravshan Sadullayevich  Katta o‘qituvchi urunov@mail.ru
20

Xolbozorov Quvonchbek Xudoyberdi o‘g‘li

O‘qituvchi xolbozorov@tfi.uz
21

Roʻziyev Alisher Ibroimovich

assistent alisherruziev1986@mail.ru
22 Jamaldinovna  Asalxon Saliyevna assistent jamaldinovna@mail.ru
23

Ro‘zimuradova Durdona Hamidjanovna

O‘qituvchi ruzimurodova@tfi.uz
24

Azatova Sevara Nematjon qizi

 

O‘qituvchi azatova@tfi.uz
25

Maxmasaidova Sayyodxon Ubaydulla qizi

O‘qituvchi maxmasaidova@tfi.uz

     

 

O'quv - uslubiy majmua

Ekonometrika

Iqtisodchilar uchun matematika

Statistika

Yuklab olish

Mustaqil ishlar

 

 

Sillabuslar

 

“STATISTIKA” fanidan sillabus (III semestr)

 

Batafsil

 

 

“STATISTIKA” fanidan sillabus (V semestr)

 

Batafsil

 

 

“EKONOMETRIKA ASOSLARI” fanidan sillabus (V semestr)

 

Batafsil

 

 

“IQTISODCHILAR UCHUN MATEMATIKA” fanidan sillabus (I semestr)

 

Batafsil

 

 

“IQTISODCHILAR UCHUN MATEMATIKA” fanidan sillabus(2) (I semestr)

 

Batafsil

 

 

“IQTISODCHILAR UCHUN MATEMATIKA” fanidan sillabus(3) (I semestr)

 

Batafsil

 

Success helper
Success warning