Soliqlar va Soliqqa tortish kafedrasi
Soliqlar va Soliqqa tortish kafedrasi

  Umumiy ma’lumotlar

  Kafedra mudiri:  Amanov Akram Mirzaevich

  Qabul vaqti: 1400 – 1700

  Telefon:  (71) 235-23-29

  E-mail:  ksst@tfi.uz

  Veb-sayt:  www.tfi.uz

Kafedrada rahbarlik qilgan professor-o‘qituvchilar haqida ma’lumot

  Kafedraning birinchi mudiri 1993-1996 yillarda, i.f.n. Q.Yax’yoev boshqargan.

 

  1996-2002 yillarda, i.f.d.M.Almardanov

 

  2003-2018 yillarda, i.f.d. A.S.Jo‘raev

 

  2018 yil sentyabr oyidan boshlab kafedraga i.f.n., dotsent A.M.Amanov rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra tarixi

  Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri talablaridan kelib chiqib, soliq va sug‘urta tashkilotlarida mutaxassislarga bo‘lgan talabni hisobga olib, 1991-yil 13- maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 3-iyundagi qaroriga muvofiq Toshkent moliya instituti tashkil etilgandan so‘ng 1993-yilda “Moliya” kafedrasi negizida yangi “Soliq va sug‘urta” kafedrasi tashkil qilindi.

Kafedra bo‘yicha belgilangan shtat birligi

  Hozirgi kunda kafedrada 2 ta fan doktori, professor, 9 ta fan nomzodi, dotsent, 5 ta katta o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Kafedranining ilmiy salohiyati 66%ni tashkil qiladi.

Kafedraga biriktirilgan ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar

  5230800 – Soliqlar va soliqqa tortish;

Kafedra professor-o‘qituvchilari ta’lim beradigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar (bakalavriat kesimida)

- 5230600 – Moliya;

- 5230700 – Bank ish;

- 5230800 – Soliqlar va soliqqa tortish;

- 5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit (real sektor bo‘yicha);

- 5231200 – Sug‘urta ishi;

- 5231300 – Pensiya ishi;

- 5231500 – Baholash ishi.

- 5111000 –  Kasb ta’limi (5230900-Buxgalteriya hisobi va audit);

- 5111000 – Kasb ta’limi (5230600-Moliya);

- 5111000 – Kasb ta’limi (5230700 Bank ishi);

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar

Foto surati FISh Ilmi darajasi va unvoni e-mail
1

Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich

 

I.f.d., prof. ksst@tfi.uz
2 Amanov Akram Mirzaevich I.f.n., dots ksst@tfi.uz
3

Safarov G‘iyosiddin Abdullaevich

 

I.f.n., dots safarov@tmi.uz
4 Bozorov Furqat I.f.n., dots f.bozorov@mail.ru
5 Meyliev Obid Raxmatullaevich  PhD meyliev-obid@rambler.ru
6 Sanaqulova Barnogul Rizakulovna i.f.d., dots barnogul81@mail.ru
7 Shirinov Sabir Erkinovich i.f.n., dots. shirinov_6613@mail.ru
8 Djamalov Xasan Numanjanovich i.f.n., dots. djamalov_1967@mail.ru
9

Usmanova Muhlisa Sagdullaevna

i.f.n., dots. muhlisa.usmanova@mail.ru
10 Ikramov Mahmudjan Muhamedjanovich i.f.n., dots. mahmudi@rambler.ru
11 Qiyosov Sherzod Uralovich PhD, katta o‘qituvchi k_sherzod@list.ru
12 Berdieva O‘g‘iloy Abduraxmanovna katta o‘qituvchi Ugiloy555@mail.ru
13 Artikov Ne’matulla Abdusalamovich Katta o‘qituvchi negart@rambler.ru
14 Shodiev Olim  Abdurahmonovich katta o‘qituvchi ol-leon@mail.ru
15 Sabirov Mirza Qilichbaevich katta o‘qituvchi Mirzabek525@mail.ru
16 Zaripov Xusan Bahodirovich katta o‘qituvchi xb_zaripov@mail.ru

O‘quv-uslubiy ishlar

  Kafedrada hozirgi kunda bakalavriat 8 ta fandan dars mashg‘ulotlari olib boriladi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ushbu fanlardan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv va ishchi dasturlar, o‘quv-uslubiy majmualar, ishchi daftarlar va boshqa turdagi uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlangan.

Kafedraning ilmiy tadqiqot faoliyati

  Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan Respublikamizning moliya-soliq tizimini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq keng fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari amalga oshirilib borilmoqda. Kafedrada 6 nafar mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyalari ustida, 4 nafar mustaqil izlanuvchilar nomzodlik dissertatsiyalar ustida  ilmiy ishlar olib borayotgan bo‘lsa, 1 ta yirik innovatsion real muammoli mavzular doirasida xo‘jalik shartnomalari asosida tadqiqot ishlari ham olib borilmoqda. Kafedra tomonidan Respublikamizning soliq sohsining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ilmiy konferensiyalar, davra suhbatlari va ilmiy-nazariy seminarlar o‘tkazilib kelinmoqda. Oxirgi yillarda kafedra jamoasi tomonidan 6 ta monografiya, 3 ta darslik, 8 ta o‘quv qo‘llanma, xalqaro ilmiy jurnallarda 100 dan ortiq maqola va tezislar e’lon qilingan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilyotgan ilmiy ishlar

  Dotsent Amanov Akram Mirzaevich – Qishloq xo‘jaligi korxonalarini soliqqa tortishning metodologik asoslari.

 

  Dotsent Djamalov Xasan Numanjanovich – Kichik biznes korxonalarida moliyaviy menejmet metodologiyasi.

 

  Dotsent Safarov G‘iyosiddin Abdullaevich –   Tabiiy resurs va mol-mulklarni soliqqa tortish mexanizmini katta o‘qituvchi Artikov Ne’matulla Abdusalamovich – Yuridik shaxslarni soliqqa tortish uslubiyatidagi muammolar.

 

  Dotsent Shirinov Sabir Erkinovich – Byudjet tizimi soliqli  daromadlarini tahlil qilish va rejalashtirish metodologiyasi

 

  Dotsent Usmonova Muxlisa Sagdullaevna – Jismoniy shaxslarning daromadlarini umumdeklaratsiyalash usulida solikka tortishdagi muammolar.

 

  Katta o‘qituvchi Berdieva O‘g‘iloy Abduraxmanovna – O‘zbekistonda qarzdorlik darajasini kamaytirish yo‘llari.

 

  Katta o‘qituvchi Shodiev Olim Abdurahmonovich  –  Aktsiz solig‘i va uni takomillashtirish masalalari.

 

  Katta o‘qituvchi Sabirov Mirza Qilichbaevich – Daromadlarni soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish takomillashtirish masalalari.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

  Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talaba yoshlarning yuksak ma’naviy-axloqiy, ona vatanga sadoqat ruhda tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga muhabat tuyg‘usini shakllantirish hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan keng qamrovli manaviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu bilan birga talabalar turar joylarida turli xil manaviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Ustoz shogird tizimi ana’nalariga ko‘ra, talabalarga professor-o‘qituvchilar biriktirilgan hamda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan Respublikamizning turli joylarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy bunyodkorlik ishlarining mazmun-mohiyati keng targ‘ib qilib borilmoqda.

Xalqaro hamkorlik

  “Soliqlar  va soliqqa tortish” kafedrasi ilmiy-tadqiqot, o‘quv uslubiy sohada qator mamlakatlar nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Xususan Amerika Qo‘shma Shtatlarining Davlat departamenti granti asosida kafedraning katta o‘qituvchilari A.Inoyatov (2004 yilda) va O.Shodievlar (2005 yilda) Texas A&M Universitetida, kafedra dotsenti M.Usmanova (2010 yilda) va kafedra katta o‘qituvchisi N.Yakubova (2011 va 2012 yillar) Chexiya Respublikasining Iqtisodiyot va menejment oliy maktabida, kafedra mudiri, prof. A.Jo‘raev va katta o‘qituvchi A.Artikovlar (2014 yil) Chexiyaning Sentral Bogemiya universiteti (CENTRAL BOHEMIA UNIVERSITI)da tajriba almashinuvida bo‘ldilar. Mazkur tashriflar natijasida Chexiyaning Iqtisodiyot va menejment Oliy maktabi bilan Tempus hamda Erazmus Mundus dasturlari doirasida loyihalar yaratilishi mumkin bo‘lgan sohalar xususida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Kafedraning innovatsion-korporativ hamkorligi, oliy ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘nalishidagi ishlari

  Kafedra quydagi Vazirlik, idora va tashkilotlar bilan innovatsion korporativ hamkorlik olib bormoqda:

 

  - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;

 

  - O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi;

 

  - “O‘zagrosugurta” kompaniyasi;

 

  - Kafedrada 2018 yilda jami 7 mln. so‘mlik xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi.

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr etilgan o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar: Iqtidorli yoshlar bilan amalga oshirilgan ishlar

  Kafedrada iqtidorlik yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish bo‘yicha qator tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Bo‘lajak soliqchi” ilmiy to‘garagi muntazam ravishda ish olib borayotgan bo‘lib, ushbu to‘garakda har oyning oxirgi haftasida O‘zbekiston respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va investitsiya qo‘mitalaridan etakchi mutaxassislar jalb qilingan holda mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

 

 

Sillabus

SST fanining "Kasbiy faoliyat asoslari" moduli

 

Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish

 

Soliq mamurchiligi

 

Soliq tushumlari hisobi va prognozi

 

Soliq sohasida axborot tizimlari

 

Bojxona ishi

 

Soliqlar va soliqqa tortish

 

Success helper
Success warning