“SUG’URTA VA PENSIYA ISHI ” KAFEDRASI
“SUG’URTA VA PENSIYA ISHI ” KAFEDRASI

  Umumiy ma’lumotlar

 Kafedra mudiri:  Abdurahmonov Ilyos Xurshidovich

 

 Qabul vaqti:  1400 – 1700

 

 Telefon:  (0 371) 234-70-46

 

 E-mail: sugurtaishi@tfi.uz

 

 Veb-sayt: www.tfi.uz

Kafedrada rahbarlik qilgan professor-o‘qituvchilar haqida ma’lumot

 Kafedraning birinchi mudiri – i.f.n., dotsent X.Shennayev. 2004-2013 yilgacha boshqargan;

 

 2013-2015 yillarda, i.f.n.dots. I.Ochilov;

 

 2015 yildan boshlab kafedraga i.f.n., dotsent I.Abduraxmonov rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra tarixi

    Sug‘urta sohasi bo‘yicha tayyorlanayotgan bakalavr va magistrlarga ta’lim berish sifati va samaradorligini yanada oshirish, bu borada o‘quv adabiyotlari va darsliklarining yangi avlodini yaratish zaruriyatidan kelib chiqqan holda institut Ilmiy kengashining 2004 yil 28 oktyabrdagi 3-sonli qarori va mazkur qarorni ijro etish yuzasidan qabul qilingan institut rektorining 2004 yil 7 dekabrdagi 166-son buyrug‘iga asosan “Sug‘urta ishi” kafedrasi tashkil etildi. Institut Ilmiy kengashining 2019 yil 6 iyuldagi 11.3- sonli qaroriga asosan “Pensiya ishi” kafedrasi “Sug’urta ishi” kafedrasi tarkibiga qo`shib yuborilishi munosabati bilan “Sug’urta va pensiya ishi ” kafedrasiga o`zgartirildi .

Kafedra bo‘yicha belgilangan shtat birligi

    Hozirgi kunda kafedrada 6 ta fan nomzodi, dotsentlar, 3 ta katta o‘qituvchilar, 7 ta assistentlar faoliyat olib borishmoqdalar. Kafedranining ilmiy salohiyati 33%ni tashkil qiladi.

Kafedraga biriktirilgan ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar

 5231200 - “Sug’urta va pensiya ishi ”.

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar

Foto surati FISh Ilmi darajasi va unvoni e-mail
1 Abdurahmonov Ilyos Xurshidovich I.f.n., dots abdurahmonov@tfi.uz
2 Shennayev Xo`jayor Musurmonovich I.f.n., dots palk@tfi.uz
3 Baymuratov Tursunboy Maxkamovich I.f.n., dots baymuratov@tfi.uz
4 Yuldashev Obiddin Toshmirzayevich I.f.n., dots yuldashev@tfi.uz
5 Kenjayev Ilxom G`iyosovich  PhD kenjayev@tfi.uz
6 Zakirxodjayeva Shirin Akmalovna k.o`q. zakirhodjayeva@tfi.uz
7 Mavrulova Nilufar Abduhalilovna k.o`q. mavrulova@tfi.uz
8 Matiyazova Sanobar Rajabbayovna k.o`q. matiyazova@tfi.uz
9

Beknazarov Zafar Ergashevich

PhD beknazarov@tfi.uz
10 Tursunov Jahongir Pulatovich k. o`q. tursunov@tfi.uz
11

Maqsudova Umida Sharifovna 

assistent maqsudova@tfi.uz
12 Adilova Gulnur Djurabayevna assistent adilova1@tfi.uz
13 Abduraimova Maftuna Ahmatovna assistent abdurayimova@tfi.uz
14 Abdullayeva Nazokat Amrulloyevna assistent abdullaeva1@tfi.uz
15 Xamrayeva Feruza Shodibek qizi assistent hamraeva@tfi.uz

O‘quv-uslubiy ishlar

 Kafedra ta’lim jarayoni kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “Ta’lim to‘g‘risidа”gi Qonuni hamda boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya qilingan holda tashkil etilgan. 5231200 - “Sug`urta va pensiya ishi” ta’lim yo‘nalishi talabalariga tasdiqlangan o‘quv va ishchi reja asosida o‘quv jarayoni tashkil etilgan bo‘lib, 21 ta (yigirma bitta) fan yuzasidan ta’lim jarayoni olib borilmoqda.

 

 Kafedrada o‘qitiladigan fanlarning har biridan modul tizimiga asoslangan electron majmualar, o‘quv-uslubiy majmualar, amaliy ish o‘yinlari, keys stadilar, slaydlar, jadvallar va boshqa ko‘rgazmali qurollar tayyorlangan va ulardan o‘quv jarayonida keng foydalanilmoqda. Bundan tashqari har bir fandan modul tizimiga asoslangan elektron majmualar internet platformasiga joylashtirilgan.

 

 Kafedra pedagog xodimlari o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishda multimedia jihozlaridan, mavzular bo‘yicha ishlab chiqilgan Power Point formatidagi taqdimotlardan hamda boshqa kompyuter texnologiyalaridan, audio va video jihozlardan foydalanishmoqda.

 

 Shuningdek, ma‘ruza va amaliy mashg‘ulot darslari respublikamizda amalda soliqlar va boshqa majburiy to’lov turlarining hisoblanish uslubiyatini tavsiflovchi tarqatma materiallar, tahliliy jadvallar, slaydlar hamda ko‘rgazmali qurollardan foydalangan holda olib borilmoqda.

Kafedraning ilmiy tadqiqot faoliyati

 Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi kafedra faoliyatini eng asosiy va ajralmas qismi bo‘lgani holda, mazkur yo‘nalishdagi ishlarga kafedraning pedagog xodimlari, tadqiqotchi ilmiy xodimlari va izlanuvchilari jalb etilgan. Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar mavzulari institut Kengashi tomonidan tasdiqlangan. Ilmiy ishlarning qay darajada kechayotganligi va erishilayotgan natijalar kafedraning har oylik yalpi yig‘ilishlarida muhokama etib boriladi.

 

 Kafedra pedagog xodimlari faoliyatida respublika va xorij jurnallarida ilmiy maqolalar bilan chiqishlar alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ularning har biri o‘zlarining ilmiy ish mavzularining dolzarb jihatlarini o‘zida mujassam etgan ilmiy maqolalari bilan chiqishlar qilmoqdalar. Kafedrada 15 nafarga yaqin doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyalari ustida ilmiy ishlar olib borayotgan bo‘lsa, 2 ta yirik innovatsion real muammoli mavzular doirasida xo‘jalik shartnomalari asosida tadqiqot ishlari ham olib borilmoqda. Kafedra tomonidan Respublikamizda sug‘urta sohasining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ilmiy konferensiyalar, davra suhbatlari va ilmiy-nazariy seminarlar o‘tkazilib kelinmoqda. Oxirgi yillarda kafedra jamoasi tomonidan 5 ta monografiya, 2 ta darslik, 7 ta o‘quv qo‘llanma, xalqaro ilmiy jurnallarda 20 dan ortiq maqola va tezislar e’lon qilingan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilyotgan ilmiy ishlar

 i.f.n., dots. Abdurahmonov Ilyos Xurshidovich – “O`zbekistonda sug`urta tarmoqlarini rivojlantirishning konseptual asoslari”;

 

 i.f.n., dots. Shennayev Xo`jayor Musurmonovich – “O`zbekistonda sug`urta faoliyatini rivojlantirish yo`nalishlari”;

 

 i.f.n., dots. Baymuratov Tursunbay Maxkambayovich – “Sug`urta faoliyatida risklar transferi va transformasiyasi metodologiyasini takomillashtirish”;

 

 i.f.n., dots. Yuldashev Obiddin Toshmirzayevich– “Moliyaviy risklarni sug`urta qilishning metodologik asoslarini takomillashtirish”;

 

 PhD Kenjayev Ilxom G`iyosovich – “Sug`urta tashkilotlarining moliyaviy resurslarinini joylashtirish samaradorligini oshirish yo`llari”;

 

 k.o‘q. Zakirxodjayeva Shirin Akmalovna –“Aholini ijtimoiy himoyalash tizimini manzilligini kuchaytirishda ijtimoiy sug`urtaning o`rni ”;

 

 k.o‘q. Mavrulova Nilufar Abduhalilovna – “Sug`urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta`minlashda qayta sug`urtaning po`lini oshirish”;

 

 k. o‘q. Matiyazova Sanobar Rajabbayovna – “O`zbekistonda sug`urta vositachiligi va uni takomillashtirish”;

 

 k. o‘q. Tursunov Jahongir Pulatovich - O`zbekistonda iqtisodiyotni rivojlantirish davrida pensiya ta`minoti tizimini takomillashtirish;

 

 assistent. Adilova Gulnur Djurabayevna – “Iqtisodiy globallashuv sharoitida sug`urta xizmatlari bozorini takomillashtirishning yo`nalishlari”;

 

 assistent. Maqsudova Umida Sharifovna - “O`zbekistonda tibbiy sug`urtaning rivojlanish istiqbollari va imkoniyatlari”;

 

 assistent. Abduraimova Maftuna Ahmatovna– “Sug`urta tashkilotlari moliyaviy hisobotinin tuzish va ularni auditorlik tekshiruvidan o`tkazish tartibini takomillashtirish”.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

 Buyuk kelajagimizning haqiqiy ma’noda yaratuvchisi hisoblangan yoshlarni yuksak bilimli ,zamonaviy texnologiyalarni mukammal egallagan,ayni paytda,tarixan tarkib topgan milliy qadriyatlarimizning asl durdonalarini o‘zida mujassam etgan komil inson,barkamol avlod sifatida voyaga yetkazish institut doirasida o’tgan o’quv yillari davomida olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning o’zagini tashkil etadi.

 

 Kafedrada 14 ta o’qituvchi asosiy shtatda bo’lib, shulardan 6 tasi “Soliqlar va Sug’urta” fakultetining akademguruhlariga murabbiy sifatida biriktirilgan.Har bir ustoz-murabbiy o’z faoliyatiga mas’uliyat bilan yondoshib, “Ma’naviyat va ma’rifat” soatlarini ishchi rejaga asosan bugungi kunning dolzarb muammolarini bartaraf etishga harakat qilgan holda olib bormoqdalar.

 

 Shu bilan birga talabalar turar joylarida turli xil manaviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Uztoz shogirt tizimi ana’nalariga ko‘ra, talablarga professor o‘qituvchilar biriktirilgan xamda kafedra professor o‘qtuvchilari tomonidan Respublikamizning turli joylarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy bunyotkorlik ishlarining mazmun mohiyati keng targ‘ib qilib borilmoqda.

Xalqaro hamkorlik

 Kafedra respublikamiz oliy o‘quv yurtlari bilan bir qatorda, bir necha nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan ham hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Ular jumlasiga G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, M.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti, Chexiya iqtisodiyot va menejment oliy maktabi, Chexiya Sentral Bogemiya universiteti va Buyuk Britaniyaning UIS kolleji shular jumlasidandir.

 

Kafedraning innovatsion-korporativ hamkorligi, oliy ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘nalishidagi ishlari

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Xarakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Oliy malumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-51-son Qarori ijrosini taminlash hamda talaba yoshlar o‘rtasida sug‘urta madaniyatini oshirish , fan-talim-ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirish va ularni kasbga yo‘naltirish , axoliga ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlar sifatini yanada yaxshilash shu bilan birga aholini sug‘urtaviy ximoyalash doirasini kengaytirish maqsadida “KAPITAL SUG`URTA” aksiyadorlik jamiyati,Toshkent moliya instituti bilan hamkorlikda “Innovatsion sug‘urta markazi”ni tashkil etdi. Bugungi kunda Innovatsion sug‘urta markaziga institutning “Sug’urta va pensiya ishi ” talim yo‘nalishida tahsil oluvchi 200 ga yaqin talabalar jalb etilgan bo‘lib, kompaniyaning malakali va uzoq yillik mehnat tajribasiga ega xodimlari va tnstitut professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda 5 ta master-klass, 5-ta seminar trening, 3 ta ochiq dars va 10 dan ziyod maruza mashg‘ulotlari amalga oshirildi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr etilgan o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar

  Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan bir qator darsliklar, o’quv qo’llanmalarva uslubiy qo`llanmalar chop etilib kelinmoqda, masalan:

  • I.X.Abduraxmonov – “Sug’urta nazariyasi va amaliyoti”. O‘quv qo‘llanma.– T.: Iqtisod-moliya, 2018 y.
  • I.X.Abduraxmonov, A.K.Kazantseva, G.A.Nosirova – “Теорияипрактикастрахования”- T.: Iqtisod-moliya, 2018 y.
  • I.G’.Kenjayev, S.R.Matiyazova, G.D. Adilova – “Sug’urta mahsulotlari sotishni tashkil etish” - T.:Iqtisod-moliya,2018 y
  • O.T.Yuldashev, Sh.A.Zakirxadjayeva- “Xayot sug`urtasi” O‘quvqo‘llanma
  • I.X.Abduraxmonov, M.A.Abduraimova,N.A.Amrulloyevnav“Sug’urta nazariyasi va amaliyoti”. Darslik
  • I.X.Abduraxmonov,”Sug`urta ma`murchiligi”. Darslik
  • I.X.Abduraxmonov,”Umumiy Sugurta” O‘quv  qo‘llanma
  • I.X.Abduraxmonov,“Обшеестрахования” O‘quv  qo‘llanma
  • I.X.Abduraxmonov, Sh.A.Zakirxadjayeva-“Sugurta marketing” O‘quv  qo‘llanma
  • I.X.Abduraxmonov, M.A.Abduraimova,N.A.Amrulloyevnav-“Страховое маркетинг” O‘quv  qo‘llanma
  •  

Iqtidorli yoshlar bilan amalga oshirilgan ishlar

 Kafedrada iqtidorlik yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish bo‘yicha qator tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Yosh sug`urtachi va byudjetchilar”  ilmiy to‘garagi muntazam ravishda ish olib borayotgan bo‘lib, ushbu to‘garakda har oyda Sug`urta kompaniyalarining etakchi mutaxassislari jalb qilingan holda mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Success helper
Success warning