Xalqaro moliya-kredit kafedrasi
Xalqaro moliya-kredit kafedrasi

KAFEDRA TARIXI

  “Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi Toshkent moliya instituti Kengashining 2019 yil 6 iyuldagi 11/11.3 – “Institutning tashkiliy tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori asosida Moliya fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Kafedra negizida 5234400 – “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari”, 5111000 – “Kasb ta'limi (Moliya)” ta'lim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlar, 5A230604 – “Xalqaro moliya” mutaxassisligi boʻyicha magistrlar tayyorlanadi.
KAFEDRA BOʻYICHA BELGILANGAN SHTAT BIRLIGI
  Kafedrada: 3 nafar fan doktori, professor; 4 nafar fan nomzodi, dotsent; 3 nafar katta oʻqituvchi; 7 nafar oʻqituvchi faoliyat olib borib, ilmiy salohiyat 41,2 foizni tashkil etadi.
KAFEDRAGA RAHBARLIK QILGAN PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR HAQIDA MA‘LUMOT
Kafedraning birinchi mudiri – i.f.d., prof. J.Ataniyazov 2019 yildan boshlab rahbarlik faoliyatini olib bormoqda.

Kafedra mudiri: Ataniyazov Jasurbek Xamidovich

Ish vaqti: 0900 – 1700

Telefon: 0 (371) 235-17-72

E-mail: xalqaromoliya@tfi.uz

Veb-sayt: www.tfi.uz

KAFEDRA TOMONIDAN DARS MASHG’ULOTLARI O’TILADIGAN TA‘LIM YO’NALISHI VA MUTAXASSISLIKLAR

O‘QUV-USLUBIY ISHLAR

 Kafedra doirasida ta’limning yangi pedagogik texnologiyalari va oʻqitish uslublarini joriy etishning xalqaro amaliyotga muvofiq ta’lim jarayonini tashkil etish, oʻquv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish, oʻqitishning zamonaviy shakllarini tatbiq etish asosida oʻquv jarayonini sifat jihatidan yangilash kabi vazifalarni amalga oshirish maqsad qilingan.

 

 Kafedra oʻz faoliyati davomida respublikamiz bank-moliya tizimi uchun yetuk mutaxassislarni, shuningdek, oʻz sohasini oʻzlashtirgan mutaxassis iqtisodchi olimlarni tayyorlab kelmoqda.

 

 Kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan hozirgi kunda bakalavriat va magistraturada 13 ta fandan dars mashgʻulotlari olib borilmoqda. Professor-oʻqituvchilar tomonidan fanlardan darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, oʻquv va ishchi dasturlar, oʻquv-uslubiy majmualar va boshqa turdagi uslubiy koʻrsatmalar tayyorlangan.

 

 Kafedrada oʻquv jarayonini va ilmiy izlanishlarni davr talabiga javob beradigan darajada tashkil etish maqsadida, professor-oʻqituvchilar oʻzlarning bilimini, mahoratini, ma’ruza matnlarini, oʻquv va ishchi dasturlarni doimiy ravishda takomillashtirmoqdalar.

“XALQARO MOLIYA-KREDIT” KAFEDRASI TOMONIDAN O‘QITILADIGAN FANLAR TO‘G’RISIDA MA’LUMOT
KAFEDRANING ILMIY TADQIQOT FAOLIYATI

 Kafedra jamoasi olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari mamlakatimizdagi moliyaviy tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish, milliy iqtisodiyotning xalqaro moliya tizimiga integratsiyalashuvini kuchaytirish hamda xalqaro moliya munosabatlari samaradorligini oshirish borasidagi ilmiy muammolarni tadqiq etishga bagʻishlangan.

 

 Kafedrada “O’zbekistonning xalqaro moliya tizimiga integratsiyalashuvini kuchaytirish” ilmiy-tadqiqot mavzusi doirasida professor-oʻqituvchilar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, kafedraning ilmiy-tadqiqot mavzusi doirasida xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferentsiyalarni, ilmiy seminarlar va boshqa tadbirlarni faol tashkil etish rejalashtirilgan.

 

 Kafedra a’zolari xalqaro va respublikamizdagi gazeta, jurnallarda, xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferentsiyalarda oʻzlarning maqola hamda tezislari bilan faol ishtirok etmoqdalar.
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR

Kafedra professor-oʻqituvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta tashabbus doirasida talaba yoshlarning yuksak manaviy axloqiy, ona vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga muxabbat tuygʻusini shakllantirish hamda talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan keng qamrovli manaviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirish rejalashtirilgan. 

 Shu bilan birga talabalar turar joylarida turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar oʻtkazish rejalashtirilgan. Ustoz shogird tizimi ana’nalariga koʻra, talabalarga professor - oʻqituvchilar biriktirilgan hamda kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan Respublikamizning turli joylarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy bunyodkorlik ishlarining mazmun mohiyatini keng targʻib qilinishi boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

XALQARO MOLIYA-KREDIT” KAFEDRASI PEDAGOG XODIMLARINING AKADEMGURUHLARGA BIRIKTIRILGAN MURABBIYLARI
XALQARO HAMKORLIK

Istiqbolda kafedraning xalqaro hamkorligini rivojlantirish doirasida xorijiy davlatlarning etakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish hamda ta’lim jarayoniga xorijiy professor-oʻqituvchilarni jalb etish asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilangan.

 

Xalqaro moliya-kredit kafedrasi ilmiy-tadqiqot, oʻquv-uslubiy sohada qator xorijiy mamlakatlar nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan. Xususan, “BINARY GRADUATE SCHOOL” (Malayziya) Bayneriy universiteti, Moliyaviy monitoring boʻyicha xalqaro oʻquv-uslubiy markaz (Rossiya Federatsiyasi), Milliy tadqiqotlar yadro universiteti “MMFI” (Rossiya Federatsiyasi), Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi) kabilar bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan.

IQTIDORLI YOSHLAR BILAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
Kafedra boʻyicha yosh kadrlarni tayyorlash va ularning ilmiy salohiyatini oshirishga alohida ahamiyat berish, iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularning ilmiy izlanishlariga koʻmaklashish maqsadida kafedra qoshida “Yosh xalqaro moliyachilar” nomli talabalarning ilmiy toʻgaragi tashkil etilgan hamda ushbu toʻgarakda talabalarning eksperimental va amaliy yondashuvlarini qoʻllab-quvvatlash xoʻjalik yurituvchi sub’ektlarning xalqaro moliyaviy faoliyat boʻyicha nazariy va uslubiy masalalariga tegishli muammolarini keng tadqiq qilish koʻzda tutilgan.
KAFEDRADA FAOLIYAT OLIB BORAYOTGAN PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR
Foto surati FISh Ilmi darajasi va unvoni e-mail

Ataniyazov Jasurbek Xamidovich

 

I.f.d., professor,

kafedra mudiri

ataniyazov@tfi.uz
Jumayev Nodir Xosiyatovich I.f.d., professor Jumayevn@tfi.uz

Raxmonov Dilshod Alijonovich

 

I.f.d., professor Raxmonovd@tfi.uz
Rajabov Umurzoq Ablaqulovich I.f.d., dotsent Rajabovu@tfi.uz
Xamidova Farida Abdulkarim qizi i.f.n., dotsent Xamidovaf@tfi.uz
Alimardonov Elshod Dilshodovich i.f.n., dotsent Alimardonove@tfi.uz
Pulatova Moxira Baxtiyorovna PhD., dotsent Pulatovam@tfi.uz
Suleymanov Il’nur Radikovich katta oʻqituvchi ilnur.expert@tfi.uz

Baymuratova Gulirayhon Tursunbayevna

katta oʻqituvchi Baymuratova@tfi.uz
Yuldasheva Umida Asanaliyevna katta oʻqituvchi Yuldashevau@tfi.uz
Safarova Nodira Ashuraliyevna o‘qituvchi Safarovan@tfi.uz
Abdullayev Anvar Farxadovich o‘qituvchi Abdullayeva@tfi.uz
Mirzayev Mirza Abdullayevich o‘qituvchi mirzayev@tfi.uz
Kulimova Xusnida Maxsud qizi o‘qituvchi Kulimovax@tfi.uz
Odilov Akmal Odilovich o‘qituvchi odilov2@tfi.uz
Sherov Alisher Bakberganovich o‘qituvchi sherov2@tfi.uz
Boʻriboyev  Erkin Norboy oʻgʻli o‘qituvchi Boriboyeve@tfi.uz

 

Success helper
Success warning