Karyera portal e’lonlari
Karyera portal e’lonlari

2023-yil 14-noyabr kuni “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki mas’ul vakillari tomonidan “Bank ishi” fakultetining 301 va 302-auditoriyalarida institut bitiruvchi bosqichiga talabalarni ishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov bo‘lib o‘tdi. Ushbu Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar o'z rezyumelari bilan qatnashdilar.

2023-yil 7-dekabr soat 11:00 da “Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovatsion tijorat banki tomonidan “Buxgalteriya hisobi va audit”, “Byudjet hisobi va g‘aznachilik”, “Iqtisodiyot” va boshqa fakultetlarning 4-bosqich talabalari uchun ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov o‘tkazildi. Ushbu tanlovda Buxgalteriya hisobi va audit”, “Byudjet hisobi va g‘aznachilik”, “Iqtisodiyot” va boshqa fakultetlarning 4-kurs talabalari o‘z rezyumelari bilan ishtirok etishdi.

2023-yil 17-oktabr kuni Toshkent moliya instituti va “Orient Finans” banki bilan hamkorlikda “Bank ishi” fakultetining 4-bosqich bitiruvchi talabalarini ishga qabul qilish bo‘yicha suhbat tashkil etildi.

💬 Suhbat davomida talabalarni kadrlar bo‘limi boshlig‘i G.Qoraboyeva, bosh mutaxassis K.O‘tbasarova,

Imtihon yakunida bank xodimlari suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalarni ishga joylashtirish haqida ma’lumot berdi.

 

04.03.2024 sanasida ATB “Aloqabank” vakillari   Toshkent moliya institutining bitiruvchi kurs talabalarini, shuningdek sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan  talabalarni bankning bo‘sh ish o‘rinlariga ishga taklif etish uchun tashrif buyurishdi.
2023-yil 13-noyabr kuni ATB Hamkorbank maʼsul vakillari tomonidan institutning bitiruvchi kurs talabalarini ishga tanlab olish yuzasidan institutning Iqtisodiyot fakulteti 101 va 102 auditoriyalarida tanlov oʻtkazildi. Tanlovda talabalar bilan individual suhbat olib borildi.
 

Barchamizga ma’lumki, so‘ngi yillarda, institutda tahsil olayotgan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan talabalarga  mahalliy va xalqaro kompaniyalarning qiziqishlari ortib bormoqda. Xususan kompaniya vakillari institutga tashrif buyurib, institut talabalari bilan suhbatlar, taqdimotlar va tanlovlar o‘tkazish orqali o‘zlariga kerakli kadrlarni ishga tanlab olishmoqda.   
 
2024-yil 9-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliyaviy barqarorlik departamenti mas’ul xodimlari tomonidan institut talabalarini ishga jalb etish maqsadida tanlov o‘tkazildi. Tanlov natijalariga ko‘ra institut talabalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga ishga qabul qilinadigan bo‘ldi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliyaviy barqarorlik departamenti xodimlari tomonidan Toshkent moliya institutining so‘ngi yillarda erishgan natijalari alohida e’tirof etildi.

 

Success helper
Success warning