Psixolog
Psixolog

Toshkent moliya instituti psixologi Abdulazizova Umida Shuhratovna haqida ma‘lumot

 Abdulazizova Umida Shuhratovna 1987 yil 19 fevralda Toshkent shahar, Yunusobod tumanida tadbirkor oilasida tavallud topgan, millati o‘zbek, ma‘lumoti oliy, oilali.

 

 U.Abdulazizova 2009 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika universiteti Psixologiya fakultetini “Pedagog psixolog” mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan.

 

 2009-2011yillarda Toshkent shahri 41MTM psixologi, 2011-2017 yillarda Toshkent shahri Yunusobod tumani 74-MTM psixologi lavozimlarida ishladi.

 

 U.Abdulazizova  hozirda Toshkent moliya instituti psixoligi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

 

 U.Abdulazizova oilali, ikki nafar farzandi bor.

Toshkent moliya instituti psixologining namunaviy lavozim yo'riqnomasi

 Institut psixologi faoliyatining tadqiqot va ta'sir o'tkazish ob'ekti institut talabalari, o'qituvchilari, ota-onalari bo'lib, hisoblanadi. Ularni alohida yoki guruxiy shaklda tadqiq qilish mumkin.

 

 Institut psixologi o'z faoliyatini Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor, fakulьtetlar, tibbiyot hodimlari, muayyan komissiyalar, ota-onalar hamda institut jamoasi bilan uzviy aloqada amalga oshiradi.

 

 Institut psixologi lavozimi bo'yicha umumiy rahbarlikni institut Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektori olib boradi.

 Institut psixologining faoliyati yo'nalishlari:  

- psihoprofilaktik ishlar;        

- psixologik maorif va ma'rifat;

- psihodiagnostika;

- psiik rivojlantirish va psihokorrektsiya;

- psixologik konsultasiya;

 

 Psixoprofilaktika - institut psixologi  faoliyatining maxsus turi bo'lib, talaba va professor-o'qituvchilar uchun sog’lom psixologik muit yaratish va ular shaxsining rivojlanishi  uchun optimal shart-sharoitlarni ta'minlash hisoblanadi.

 Psixologik  profilaktika ishning asosiy vazifalari quyidagilar:

- shaxs sifatida shakllanish, aqlan barkamollikni ta'minlashning oqilona shart-sharoitlarini yaratish;

- shaxs kamoloti va intellektual taraqqiyoti bo'sagasida vujudga kelishi mumkin bo'lgan psixologik nuqsonlar va buzilishlarni o'z vaqtida oldini olish;

- talabani muayyan sharoitga moslashishi (ko'ngil) ga oid ishlarini olib borish, buning uchun ijtimoiy moslashish  bilan bogliq bo'lgan maxsus guruxlar tuzish, nevrotik holatlarni bartaraf qilish, tarbiyasi qiyin talabalar bilan ishlash va ularning ota-onalari, gurux rahbari bilan alohida ishlash va hakozo);

- talabalarni birinchi bosqichga qabul qilish jarayonida qatnashish, ularning oliy ta'lim-tizimiga psixologik tayyorgarlik darajasini  aniqlash, professor-o'qituvchilar bilan hamkorlikda talabalar bilan individual ishlash dasturini ishlab chiqish;

 

 Psixik rivojlantirish va psihokorreksiya ishlar - yo'nalishi psixologdan talaba, professor-o'qituvchilar shaxsi va intellektini  tarkib toptirish jarayoniga faol ta'sir o'tkazishni  taqozo qiladi.

 Ushbu yo'nalishda psixolog quyidagi aniq ishlarni amalga oshiradi:

- rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar psixolog tomonidan har hil shakllarda, vaziyatlarda va holatlarda tashkil qilinadi:

a) amaliy psixologning maxsus ishi, mashsuloti ayrim talabalar bilan alohida o'tkazilishi mumkin bo'lgan mashgulotlar rejalashtiriladi.

b) talabalarning har-bir faoliyati maxsus ravishda amalga oshirilib, talabalar guruxlariga tarbiyaviy ta'sir o'tkazishga yo'naltirilgan bo'ladi;

v) ota-onalar pedagogik jamoalarga institut hodimlari ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashgulotlar olib borish nazarda tutiladi.

 

 Institut psixologi faoliyatini amalga oshirish metodlari quyidagicha bo'lishi mumkin:

- psixologik madaniyatni o'stirish va tartib qilish maqsadida universitet professor-o’qituvchilari, talabalar bilan ma'ruzalar turkumi va trening mashgulotlari o'tkazish,ularni tarqatish;

- psixologik maslahat berish;

 

 Institut psixologining vazifalari:

 institut dagi ahloqiy-psixologik iqlimni, uning talaba shaxsiga ta'sirini o'rganish;

 talabalarning shaxsiy muammolarini aniqlash maqsadida ijtimoiy-psixologik diagnostika o'tkazish;

 ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni aniqlash (barcha talabalar);

 kattalar tomonidan tazyiq o'tkazilayotgan talabalar muhofazasi va ular bilan individual ishlarni olib borish (talabalar bilan individual suhbat);

 notinch oilalar farzandalarini erta aniqlash;

 talabalardagi hulqi oqishishlarni erta aniqlash va ularning oldini olish;

 turli holatlar bo'yicha hisobda turadigan talabalar bilan psihoprofilaktik va korrektsion  ishlarni olib borish;

 

 Institut psixologining majburiyatlari:

 Institutning Nizomi va psixolog kodeksiga ko'ra ish yuritish;

 oliy ta'lim muassasalari psixologlari faoliyati bo'yicha metodik seminarlarda ishtirok etish;

 O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining ta'lim va qayta tayyorlash sohalaridagi qarorlarini amalga oshirish.

 

 Psixolog faoliyatiga doir hujjatlar:

 rektor tomonidan tasdiqlangan yillik ish reja;

 psixologning konsultasiyalarni ro'yhatga olish jurnali;

 talabalar bilan individual ishlarni hisobga olish jurnali;

 institut talabalar guruhlarining ijtimoiy-psixologik pasportlari;

 talabalarning individual-psixologik taraqqiyoti haritasi;

 nohush oilalar, havf-xatar darajasi yuqori bo'lgan talabalarning ma'lumotlar bankini yaratish;

 Ota-onalar, pedagog hodimlar bilan ish yuritishga doir materiallar.

 

 Oliy ta'lim muassasasi psixologining huquqlari:

 oliy ta'lim muassasi Kengashi yiqilishlarida ishtirok etish;

 talabalar faoliyatini kuzatish maqsadida darslar va darsdan tash?aridagi ishlarda ishtirok etish;

 kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o'z kasbiy malakasini oshirish;

 mehnatni tashkil etishning qulay shart-sharoitlariga ega bo'lish;

 ta'lim muassasasi rahbariyatidan maslahatlar olish;

 havf-hatarga moyil talabalar bilan ishlashga yagona yondashuvlarga doir uslubiy ko'rsatmalarni ishlab chiqish;

 kasbiy majburiyatlarni muvaffaqiyatli ado etish uchun yuqori tashkilotlardan,  zarur shart-sharoitlar yaratishini talab  qiladi;

 ota-onalarga zaruriyat tugilganda oilaviy turmush psixologiyasiga oid konsultativ hizmat usullarini tavsiya qiladi;

 amaliyotchi psixologning mehnat ta'tili muddati barcha institut professor-o’qituvchilari bilan barobardir;

 

 Institut psixologiga qo'yiladigan malaka talablari:

 oliy toifadagi psixolog: ihtisosligi bo'yicha magistrlik diplomiga ega mutaxassis, psixolog sifatida kamida 1 yil ish staji bo'lishi lozim;

 1-toifadagi psixolog: ixtisosligi bo'yicha magistrlik diplomiga ega mutahassis, 2-toifadagi psixolog sifatida kamida 1 yil (ixtisosligi  bo'yicha  magistr  ish  stajiga  talab  qo'yilmaydi) ish staji bo'lishi lozim;

 2-toifadagi psixolog: psixologiya yo'nalishi bo'yicha bakalavr yoki diplomli mutaxassis, psixolog sifatida kamida 2 yil ish stajiga ega bo'lishi lozim.

 

 

Success helper
Success warning