Xodimlar bo'limi
Xodimlar bo'limi

Bo‘lim boshlig‘i: Xaydarova Lobarxon Xamidulayevna

 

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

 

Qabul vaqti: Har kuni 0900-1700

 

Tel: (998 71) 234-66-58   

 

E-mail: xodimlar@tfi.uz

Bo‘limning asosiy vazifalari

 

- ishga olingan har bir xodim va pedagog-xodim hamda ishchi-xodimlar o‘rtasidagi mehnat shartnomalari, xodimlarning mehnat daftarchalarini hamda faoliyatga oid buyruqlarni tayyorlash va rasmiylashtirish;

 

- institut pedagog-xodim va ishchi, o‘quv-yordamchi va ma’muriy xo‘jalik-xodimlarini o‘rnatilgan tartibda ishga olish, boshqa ishga o‘tkazish, vazifasidan ozod etish bo‘yicha buyruq loyihalarini tayyorlash;

 

- pedagog-xodim va ishchi-xodimlarning qo‘nimsizligini tahlil qilish, xodimlar sifat tarkibini yaxshilash va ularni o‘rnashib qolish borasida olib boriladigan ishlar, foydalanish uchun ma’lumotlar, shuningdek faoliyatga oid boshqa ko‘rsatkichlarni o‘rnatish;

 

- institut pedagog-xodim va ishchi-xodimlari hamda fakultet dekan va dekan o‘rinbosarlarini davlat attestasiyasini tashkil etishda ko‘maklashish;

 

- institut nomenklaturasiga kiruvchi xodimlar zahirasini shakllantirish va undan foydalanish borasida rahbariyatga takliflar berish;

 

- institutning xodimlarini vazirlik va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash ishlarini tashkillashtirishda rahbariyatga taklif kiritish;

 

- institutning bakalavriat, magistratura bosqichlari davlat ta’lim standartlari talablarini va o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlarni o‘zlashtirgan, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini davlat talablari va o‘quv rejasini to‘liq bajargan shaxslarga Davlat Attestasiya komissiyasi qarori asosida institut rektorining buyrug‘iga binoan davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom, diplom ilovalari va ishchi-xodimlarga shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar berish;

 

- o‘qishga qabul qilingan talabalarni shaxsiy hujjatlarini o‘ranatilgan tartibda qabul qilish, rasmiylashtirish va ularni belgilangan muddatga qadar saqlash;

 

- bitiruvchi talabalarning diplom ilovalari va ishchi-xodimlarning shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalarni o‘rnatilgan tartib qoidalari, me’yoriy hujjatlar asosida rasmiylashtirish;

 

- institut tomonidan berilgan ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (diplom, diplom ilovalari va guvohnoma)lar bo‘yicha tegishli organlarning so‘rovnomalariga, shuningdek, institutning barcha so‘rovnomalariga o‘rnatilgan tartibda javob yo‘llaydi;

 

- institutning bakalavriat, magistratura bosqichlari davlat ta’limi standartlari va o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlarni o‘zlashtirgan bitiruvchi va ularni davlat tomonidan tasdiqlangan diplom ilovalari va ishchi-xodimlarning shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalar rasmiylashtirilganligi yuzasidan axborot-tahliliy ma’lumotlar bankini yaratadi.

Bo‘lim xodimlarining vazifalari

- rektor nomenklaturasiga kiradigan ma’muriy-boshqaruv, muhandis-texnik o‘quv-yo‘rdamchi va ma’muriy-xo‘jalik xodimlari tarkibini institut rahbariyati bilan birgalikda tanlash va mehnat qonunchiligi me’yorlariga asoslangan holda rasmiylashtirish;

 

- rektor nomenklaturasiga qarashli institut xodimlarini ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilishni o‘z vaqtida rasmiylashtirishni tashkil qilish, shuningdek yuqori idora nomenklaturasiga kiruvchi xodimlarni mansablarga tasdiqlash uchun hujjatlarni taqdim etish;

 

- institut talabalari va xodimlarining shaxsiy hujjatlari yurgizilishini nazorat qilish;

 

- belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida institut xodimlarining statistik hamda shaxsiy hisobini nazorat qilish;

 

- mehnat daftarchalari yurgizishni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablariga rioya qilgan holda hisobini olib borishni nazorat qilish;

 

- kadrlar bo‘limi xodimlari va biriktirilgan devonxona va arxiv tuzilmalari ish faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish;

 

- shtat jadvaliga binoan xodimlarni ishga olish, boshqa doimiy ishga o‘tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilishda mehnat qonunchiligiga amal qilgan holda qaror qabul qilish;

 

- xodimlarning mehnat intizomi va ichki mehnat qoidalari tartibiga rioya qilishlarini institut kasaba uyushmasi bilan birgalikda nazoratini tashkil etishda ishtirok qilish;

 

- institut attestasion komissiyalarining ishlarida qatnashish;

 

- kadrlar zahirasini tashkil qilishda qatnashish;

 

- pedagog-xodim va ishchi-xodimlarning tanlovini tashkil qilish va bo‘sh lavozimlarni egallash uchun tanlovdan o‘tuvchi pedagog-xodim va ishchi-xodimlarning ro‘yxatini tayyorlash;

 

- tarifikasion komissiyada qatnashish va ilmiy-pedagogik stajga ko‘ra institut xodimlariga oylik maoshlarini belgilash bo‘yicha buyruq loyihalarini tayyorlash, shuningdek, kasaba uyushmasi bilan birgalikda institut xodimlari va ularning oilalariga nafaqalar belgilash uchun hujjatlar tayyorlash, ijtimoiy ta’minot organlariga ularni taqdim etish;

 

- institutda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarga guvohnova va ma’lumotlar berish (berish tartibini va unga mutasaddi shaxsni rektor belgilaydi).

 

Success helper
Success warning