2020-2021 BITIRUVCHILARI DIQQATIGA!

2020-2021 BITIRUVCHILARI DIQQATIGA!

Institutni 2020/2021 o‘quv yilida tamomlagan talabalar diqqatiga!

 

Hurmatli bitiruvchilar! Toshkent moliya institutida “BAKALAVR DIPLOMI” hamda “DIPLOMGA ILOVA” joriy yilning 10-iyul sanasida tayyor bo’lganini hamda “XODIMLAR BO’LIMI” tomonidan bituruvchilarga taqdim etilayotganini ma’lum qilamiz.

 

Shu kunga qadar o’zining “BAKALAVR DIPLOMI”ni olib ketmaganlar REKTORAT BINOSI 109-xonaga, Dushanbadan Jum’aga qadar, soat 09-00 dan 17-00 gacha, Shanba kuni 09-00 dan 14-00 ga qadar murojaat qilishlarini so’raymiz.

 

O’zingiz bilan FUQAROLIK PASPORT va AYLANMA VARAQA (obxodnoy) ni olishni unutmang.

 

Alloh omadingizni, halol rizqu-nasibangizni bersin! Yuzingiz hamisha yorug’ bo’lsin!

10:00 / 2021-08-30
Success helper
Success warning