Polsha ta'lim tizimi haqida xorijlik mutaxassisdan master-klass

Bugun, 11-oktabr kuni "Iqtisodiyot" fakulteti, "Iqtisodiyot" kafedrasi tashabbusi bilan

 Krakov iqtisodiyot universitetidan (Polsha) tashrif buyurgan PhD. Ewa Pyrzynska tomonidan "Education system of Poland" mavzusida master-klass tashkil etildi.

 

Unda institut pedagog xodimlari, ilmiy tadqiqotchilar, talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

 

Polshalik mutaxassis mahorat darsi davomida bugungi xalqaro oliy ta'lim sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, Yevropada ta'lim jarayoni, xususan, Polsha ta'lim tizimi haqida tinglovchilarga aniq faktlarga boy, qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etdi.

 

O'zaro fikr almashish, muloqot tarzida kechgan master-klassda tinglovchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.


 

 


Hujjat ochilmadimi?  Yuklab oling

Success helper
Success warning