AXBOROT XATI

AXBOROT XATI

 

 

 

 

 

 

 

 

 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

 

«ZAMONAVIY MOLIYANING MILLIY VA XALQARO

 DOLZARB MASALALARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

 

AXBOROT XATI

 

2021-yil 14-15-may kunlari

Toshkent moliya instituti tomonidan

 «Zamonaviy moliyaning milliy va xalqaro dolzarb masalalari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi

 

Anjumanga mamlakatimiz hamda xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, amaliyotchi mutaxassislar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar ishtirok etish uchun taklif etiladi.

ANJUMAN ILMIY YO‘NALISHLARI:

  1. Moliya nazariyasiga zamonaviy qarashlar va kontseptsiyalar
  2. Byudjet-soliq siyosatining munozarali masalalari
  3. Davlat qarzlarini optimallashtirish va samarali boshqarish
  4. Davlat xaridlari: zamonaviy muammo va yechimlar
  5. Mahalliy davlat hokimiyati organlari moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirishning dolzarb masalalari
  6. Muqobil moliyalashtirish tizimini rivojlantirishning milliy va xalqaro xususiyatlari
  7. Korporativ moliyani rivojlantirish va kapital bozori samaradorligini oshirishning milliy va xalqaro tajribalari
  8. Xalqaro moliya institutlari va moliyaviy munosabatlarni rivojlantirish

 

Anjumanga taqdim etiladigan ma’ruza tezislariga talablar:

  • tezislar anjuman ilmiy yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga qamrab olgan holda, imloviy xatolarsiz, muallif anketasi to‘ldirilgan holda taqdim etilishi lozim;
  • materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin;
  • ma’ruza tezislari matnlari tahrir qilingan holda A4 o‘lchovidagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirib, 1 nusxada rasmiylashtiriladi. Yuqori qismda o‘rtada maqolaning nomi, 1,5 intervaldan so‘ng muallifning to‘liq familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, tashkilot nomi, muallifning telefon raqami, elektron manzili yoziladi. So‘ngra 1 interval qoldirilib, matnning mazmuni 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi. Matnning elektron nusxasi MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 14 kegel kattaligida, 3 betdan kam bo‘lmagan hajmda bo‘lishi talab etiladi.

Materialning tuzilishi:

  1. Qisqacha annotatsiya (2-3 gap hajmida), kalit so‘zlar (5-6 ta);
  2. Tadqiqot mavzusidagi mavjud muammolar;
  3. Muammoni hal qilish usullari;
  4. Ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar;
  5. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

           Anjumanga materiallarni taqdim etish muddati. Anjumanda qatnashish uchun talabgorlar 2021-yil 12-maygacha belgilangan tartibda ma’ruza tezislarini quyida ko‘rsatilgan elektron manzilga jo‘natishlari lozim.

Taqdim etiladigan materiallar anjumanning qaysi ilmiy yo‘nalishiga mo‘ljallanganligi aniq ko‘rsatilishi zarur. Materialda keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi va plagiatdan holiligiga muallifning shaxsan o‘zi mas’ul hisoblanadi. Tashkiliy qo‘mita yuborilgan materiallarni tahrir qilish huquqiga ega. Anjuman mavzusiga mos bo‘lmagan, tegishli talablarga javob bermaydigan, ilmiy-amaliy tavsiyaga ega bo‘lmagan va kechikib topshirilgan materiallar to‘plamga kiritilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

Anjuman materiallarini to‘plam shaklida chop etish va tashkiliy ishlarni amalga oshirish uchun ishtirokchilar tezislarni har bir sahifasi uchun 20 000 so‘m miqdorida tashkiliy badal mablag‘ini to‘lashlari zarur. Xorijiy ishtirokchilar uchun bepul.

Murojaat uchun manzil. Toshkent shahri, A.Temur ko‘chasi, 60a-uy, Moliya fakulteti binosi (111-xona), «Moliya» kafedrasi.

Qo‘shimcha savollar uchun telefonlar: +998-71-234-04-79 (kafedra);
+998-97-480-88-09 (Rano Tashmatova), +998-97-708-27-38 (Xotamjon Qobulov)

Materiallarning elektron varianti quyidagi manzillarga yuborilishi mumkin: e-mail: modfinconf@rambler.ru. Xat mavzusida “Anjuman uchun tezis” deb yozilishi kerak.

Anjuman epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, oflayn yoki onlayn tarzda o‘tkazilishi mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

MUALLIF ANKETASI*

 

Familiya

 

Ismi

 

Sharifi

 

Ish/o‘qish joyi

 

Egallab turgan lavozimi

 

Ilmiy daraja

 

Ilmiy unvon

 

Telefon raqami (mobil)

 

e-mail

 

Materialning nomi

 

Sektsiya raqami va nomi

 

 

* Qisqartirilmagan holda to‘ldiriladi.

 

18:00 / 2021-04-30
Success helper
Success warning