RESPUBLIKA MIQYOSIDAGI KONFERENSIYA

RESPUBLIKA MIQYOSIDAGI KONFERENSIYA

“Iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasida sunʼiy intellekni rivojlantirishning asosiy tendensiyalari”  mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining

AXBOROT XATI 


Toshkent moliya instituti, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, Belorus Respublikasi Polosk davlat universiteti bilan hamkorlikda 2022-yil 25-mart kuni “Iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasida sunʼiy intellektni rivojlantirishning asosiy tendensiyalari” mavzusidagi respublika konferensiyasi oʻtkaziladi.

Konferensiyaning yoʻnalishlari: 

1. Sunʼiy intellektni iqtisodiyotda qoʻllash asoslari.
2. Raqamli transformatsiyada sunʼiy intellektning roli.
3. Moliya, bank va iqtisodiyotning boshqa sohalarida suʼniy intellekning oʻrni va qoʻllanilishi.
4. Oʻzbekistonda sunʼiy intellektning rivojlantirish istiqbollari.
     
Asosiy sanalar: 

Maqolalarni qabul qilish – 2022-yil 23-martgacha;
Tashkiliy badalni toʻlash – 2022-yil 24-martgacha;  
Konferensiyani oʻtkazish – 2022-yil 25-mart.

Maqolalarni yozish va rasmiylashtirishga talablar: Konferensiyada ishtirok etish uchun tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlari asosida oʻzbek, rus va ingliz tilida ravon yozilgan va quyida koʻrsatilgan talablarga mos keladigan maqolalar qabul qilinadi. Taqdim etilgan materiallar original va konferensiyaning yoʻnalishlariga mos boʻlishi kerak.  
Maqolalar xajmi toʻliq 2-3 bet (Times new roman garniturasi, 14-kegel, 1,5 orliq,  formati – A4 qogʻozida barcha tomonlari 2 sm.li xoshiya bilan). 

Tashkiliy badal: Chop etishga qabul qilingan maqolalarning har bir saxifasi uchun 15 000 soʻm miqdorida badal toʻlanadi. Hisoblangan summa Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki 8600 0610 4501 5830 (Ikramov Maxmudjon) plastik kartasiga tushiriladi va tasdiqlovchi skrinshot telegram kanali orqali +99893 581-58-24 telefoniga yuboriladi. 

Institut manzili: 100000 Toshkent shahri, A.Temur koʻchasi 60A, Toshkent moliya instituti  (TMI). 

Masʼul: Ikramov Mahmudjon Muxamedjanovich, TMI “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti, tel.: (8371)-234-66-41; mob.: +99893-581-58-24. e-mail: mahmudi@rambler.ru

Faylni yuklab olish

 

15:00 / 2022-03-10
Success helper
Success warning