DSc Meyliyev Obid Raxmatullaevich 12.01.2023
2023-yil 12-yanvar soat 14-00 da Toshkent moliya instituti rektorat binosining 2-qavat kichik anjumanlar zalida Toshkent moliya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.I.17.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun Meyliyev Obid Raxmatullaevichning “Mahalliy byudjetlar daromadlarini tartibga solishni takomillashtirish” mavzusidagi dissertasiya himoyasi bo‘lib o‘tadi.