“Investment and innovations” nomli ingliz tilida elektron o‘quv qo‘llanma tayyorlandi

“Investment and innovations” nomli ingliz tilida elektron o‘quv qo‘llanma tayyorlandi

Toshkent moliya instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor, i.f.n, dotsent Karimova Komila Daniyarovna va “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Shaislamova Nargiza Kabilovna tomonidan “Investment and innovations” nomli elektron o‘quv qo‘llanma “Moliya va moliyaviy texnologiyalar”, “Bank ishi va auditi”, “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishlari uchun tayyorlangan.

 

 Elektron o‘quv qo‘llanma ingliz tilida “Investment and innovations”  fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Mazkur elektron qo‘llanmaning asosiy maqsadi talabalarning ma’ruza mashg‘ulotlarida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashga va amaliy mashg‘ulotlarni mazmunli tashkil etishga mo‘ljallangan. Har bir mavzu bo‘yicha ingliz tilida ma’ruza matnlari, taqdimotlar, testlar, nazorat savollari hamda glossariy va adabiyotlar ro‘yxati tayyorlangan.

 

“Investment and innovations” fanining elektron o’quv qo’llanmasiga havola: http://el.tfi.uz/mahsulot/electronic-training-manual-on-the-discipline-investments-and-innovations-2/

14:44 / 2023-12-19
Success helper
Success warning