PhD Abdullaev Aybek Nazarbayevich 12.01.2023
2023-yil 12-yanvar soat 16-00 da Toshkent moliya instituti rektorat binosining 2-qavat kichik anjumanlar zalida Toshkent moliya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.I.17.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun Abdullaev Aybek Nazarbayevichning “Nodavlat ta'lim tashkilotlarida buxgalteriya hisobini takomillashtirish” mavzusidagi dissertasiya himoyasi bo‘lib o‘tadi.