PhD Xudayberganova Zarofat Zaxidovna 26.04.2023
2023-yil 26-aprel soat 16-00 da Toshkent moliya instituti Rektorat binosining 2-qavat kichik anjumanlar zalida Toshkent moliya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.I.17.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun Xudayberganova Zarofat Zaxidovnaning “Tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlarini takomillashtirish yo‘llari” mavzusidagi dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tadi.