PhD Yusupov Asror Maxmanazar o‘g‘li 06.10.2023
2023 yil 06 oktyabr soat 14-00 da Toshkent moliya instituti Rektorat binosining 2-qavat kichik anjumanlar zalida Toshkent moliya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.I.17.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun Yusupov Asror Maxmanazar o‘g‘lining “Qo‘shma korxonalarda moliyaviy hisob va hisobotni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tadi.