PhD Samiyev Sardor Iskandarovich 19.11.2021
2021-yil 19-noyabr soat 16:00 da Toshkent moliya instituti “Obi-hayot” binosining 4-qavat anjumanlar zalida Toshkent moliya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.I.17.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi boʻyicha iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun Samiyev Sardor Iskandarovichning “Oʻzbekiston neft-gaz korxonalarining investitsion faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya himoyasi boʻlib oʻtadi.