Xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiya

Xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiya

«Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va auditni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish masalalari» mavzusida xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiya
 
AXBOROT XATI
 
Toshkent moliya institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-fevraldagi 56-F sonli farmoyishining 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan Xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy – texnik anjumanlar rejasiga muvofiq 2020-yil 24-oktyabr kuni “Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va auditni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish masalalari” mavzusida xalqaro miqyosida ilmiy-amaliy konferentsiya o‘tkaziladi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya o‘z ishini 2020-yil 24-oktyabrda Toshkent vaqti bilan soat 10-00da boshlaydi.
 
Ushbu ilmiy-amaliy konferentsiya quyidagi sho‘balar bo‘yicha ish olib boradi:
  1. Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni raqamli transformatsiyasi.
  2. Buxgalteriya hisobi va auditni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishning ustivor masalalari.
  3. Tadbirkorlik faoliyatida soliqlar hisobi va hisobotini takomillashtirish.
  4. Davlat sektorida byudjet hisobi, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash
  5. Raqamli iqtisodiyotda axborot tizimlarini huquqiy, iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash.
Mazkur konferensiyada ishtirok etishni xohlagan professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar 2020-yil 10-oktyabr sanasiga qadar ilmiy maqola va tezislarni yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etishlari mumkin.
 
Konferensiyaga taqdim etiladigan ilmiy tezislarni rasmiylashtirilishga talablar:
  • maqolada muallifning tadqiq qilinayotgan muammoga o‘z qarashlari to‘liq aks etishi, aniq ilmiy xulosalari, amaliy taklif va tavsiyalari keltirilishi zarur;
  • matn formati Microsoft Word, satr oralig‘i 1 intervalda, shrifti Times New Roman 14 kegel. Matn formatining chegarasi tepa va pastdan 2,5 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm bo‘lishi lozim;
Maqolaning tepa qismida bosh harflar bilan mavzu, satr qoldirib o‘ng burchagida muallif haqida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim:
F.I.Sh., xodimlar uchun ishlash joyi, ilmiy darajasi va unvoni, talabalar uchun ta’lim olayotgan joyi, yo‘nalishi va mutaxasislik nomi, satr qoldirib asosiy matn yozilishi talab etiladi.
 
Maqola mualliflari 2 nafardan oshmasligi lozim. Havolalar (snoska) sahifa so‘ngida beriladi. Matn hajmi 3 betdan kam bo‘lmasligi hamda 4-5 betdan oshmasligi kerak. Ushbu talablarga javob bermaydigan ilmiy maqola va tezislar qabul qilinmaydi. Matnda foydalanilgan misol, ko‘chirma va ma’lumotlar aniqligi uchun javobgarlik muallif zimmasida bo‘ladi.
 
Maqola va tezislar elektron shaklda telegramdagi +998909699065 telefon raqami yoki raximov1@tfi.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.
 
Ishtirok etuvchilar ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun tashkiliy ishlar bo‘yicha mas’ullar N.Abdieva +998909699065, R.Obidov + 998977086733, Z.Qaxxorov + 998977403468 ga murojaat qilishlari mumkin.
10:00 / 2020-09-30
Success helper
Success warning