Toshkent moliya instituti bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari talabalari diqqatiga!

Toshkent moliya instituti bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari talabalari diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5117- Qarorining 6-bandi 4-xatboshiga muvofiq, 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi tartibi joriy etiladi. 
 
Bunda, filologiya yoʻnalishlari boʻyicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yoʻnalishlari boʻyicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etilishi nazarda tutiladi.
 
Shu munosabat bilan institut taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari bitiruvchi kurs talabalari, magistratura yoki oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga tanlovlarda ishtirok etish istagida boʻlsalar, hozirdanoq B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlish choralarini koʻrishlarini soʻraymiz.
 
16:00 / 2022-04-29
Success helper
Success warning