“Xalqaro moliya” darsligi chop etildi

“Xalqaro moliya” darsligi chop etildi

 

Toshkent moliya instituti “Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi mudiri, i.f.d., professor J.X. Ataniyazov va dotsent i.f.n. E.D. Alimardonov hammuallifligida “Xalqaro moliya” darsligi chop etildi.
 

Darslikda “Xalqaro moliya” fanining asosiy masalalari qisqa va tushunarli tilda bayon etilgan.

 

Ushbu darslikda jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli, xalqaro moliyaviy markazlar, jahon moliyaviy arxitekturasi va xalqaro moliya tizimi, xalqaro moliya bozori va uning rivojlanish xususiyatlari, xalqaro valyuta operatsiyalari, jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari, moliyaviy derivativlar bozori, yevrobozorlarning yuzaga kelishi va ulardagi operatsiyalar, xalqaro moliya munosabatlarida to‘lov balansini boshqarish, xalqaro moliya tashkilotlarining xalqaro moliya munosabatlari taraqqiyotidagi o‘rni, xalqaro korporatsiyalar faoliyatining rivojlanishi, xalqaro moliya tizimida moliya-sanoat guruhlari, xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari, jahon moliya tizimi barqarorligini ta’minlashda xalqaro moliyaviy xavfsizlikning o‘rni, O‘zbekistonning xalqaro moliya munosabatlariga integratsiyalashuvi kabi masalalar yoritilgan.

 

Darslik oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiy yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga, ilmiy izlanuvchilarga hamda mazkur fanni o‘qitadigan professor-o‘qituvchilarga mo‘ljallangan.

 

00:00 / 2023-12-19
Success helper
Success warning