““5- MODUL. MOLIYA: DAVLAT XARIDLARI” NOMLI ELEKTRON DARSLIGI TAYYORLANDI

““5- MODUL. MOLIYA: DAVLAT XARIDLARI” NOMLI ELEKTRON DARSLIGI TAYYORLANDI

 

Moliya kafedrasi  professori Razzaqov Jasur Xamraboyevich tomonidan elektron darslikning yangi modernizatsiyalashgan shakli bo‘lgan “5- Modul,  Moliya: Davlat xaridlari”  nomli elektron o‘zbek tilida darslik tayyorlandi.
 

Elektron darslik Uzbekistan Respubliksi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-sonli “Moliyaviy xisobotning xalkaro standartlariga o‘tish buyicha kushimcha chora-tadbirlar tugrisida”gi karorining “Ilg‘or xalkaro tajribani xisobga olgan xolda moliyaviy xisobotning xalkaro standartlarini va mazkur soxada kadrlar tayyorlashning zamonaviy usullarini boskichma-boskich joriy etish buyicha” Yo’l xaritasiga muvofik, darslik oliy ta’limning sirtki va kunduzgi boskichida uqitiladigan talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, fanning o‘quv rejalari, fan dasturi va sillabusga muvofiq ravishda tayorlangan. “5- Modul, Moliya:  Davlat xaridlari”  nomli elektron darsligi qolgan elektron darsliklardan ustunliklari - moslashuvchanlik, qurilma tanlamaslik, ya’ni android, IOS, Windows, MacOS, Linux operatsion tizimlarda ishlay oladi, uyali aloqa vosita, planshet, noutbuk, smart TV, va boshqa har qanday internet tarmog‘iga ulana oluvchi qurilmada va uni ekraniga moslashib ko‘rinadi.
 

“5-Modul.Moliya: Davlat xaridlari” nomli elektron darsligida “Davlat xaridlari: biz nimani va qanday o‘rganamiz?”, “Davlat xaridlarini davlat byudjeti oldidagi o‘rni va axamiyati”, “Davlat xaridi orqali davlat byudjetining xarajat va daromatlari”, “Davlat xaridlari orqali tendrlar va tanlov savdolar, shuningdek auksiolar va savdolarni davlat byudjetiga salbiy ijobiy ta’siri”, “Byudjet va korporotiv byurtmachilarni davlat xarididagi o‘rni va axamiyati” va boshqa mavzular yuzasidan nazariy va amaliy jihatlari keltirib o‘tilgan.
 

 “5-Modul.Moliya: Davlat xaridlari” nomli elektron  darslikda  bilimlarni  mustahkam  egallash  uchun  ma’ruza  mantlari, taqdimotlar, amaliy topshiriqlar,  nazorat  savollari,  keyslar,  testlar,  glossarilar  va video ma’ruzalarni  o‘z ichiga jamlab olib, talabaning yonida hohlagan joyida  hohlagan  vaqtida fanga ta’luqli  bo‘lgan  ma’lumotni,  bilimni o‘zlashtirishiga yordam beradi.
 

“5-Modul. Moliya: Davlat xaridlari” nomli elektron darsligi davlat xaridlari tizimida zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarni tayorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

 

17:00 / 2024-01-23
Success helper
Success warning