Rus tilida “Moliya. 1-Modul. Nazariy asoslar” elektron darsligi tayyorlandi

Rus tilida “Moliya. 1-Modul. Nazariy asoslar” elektron darsligi tayyorlandi

 

Moliya kafedrasi dotsenti Yelena Anvarovna Axunova rus tilida elektron darslik “Moliya. 1-Modul. Nazariy asoslar” tayyorlandi. Elektron darslik turli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan. Elektron darslik bakalavriatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalari, “Moliya” fanining o‘quv dasturi va sillabusga muvofiq tayyorlangan.

Elektron darslik “Moliya” fanining birinchi modulining 12 ta mavzusiga mos keladigan 12 bobdan iborat: 
  “Moliyaning mohiyati va funksiyalari”;
  “Moliyaviy siyosat”;
  “Moliyaviy tizim”;
  “Moliyani boshqarish”;
  “Moliyaviy rejalashtirish va prognozlash”;
  “Moliyaviy nazorat”;
  “Davlat byudjeti”; 
  “Davlat maqsadli jamg‘armalari”; 
  “Davlat krediti”; 
  “Sug‘urta”; 
  “Uy xo‘jaliklar moliyasi”;
  “Xalqaro moliya”. 

Elektron darslikda moliyaning turli sohalari faoliyatining nazariy, tashkiliy va huquqiy asoslari keltirilgan, o‘quv va ilmiy adabiyotlarni, statistik va amaliy ma’lumotlarni chuqur o‘rganish asosida nazariy bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish vazifalari berilgan. Bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish darajasini nazorat qilish uchun nazorat savollari, keys-stadi topshiriqlar, testlar va krossvordlar taqdim etilgan.

13:29 / 2023-12-19
Success helper
Success warning