“Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari” (4-qism) darsligi chop etildi

“Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari” (4-qism) darsligi chop etildi

 

Toshkent moliya instituti “Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi mudiri, i.f.d., professor J.X. Ataniyazov, dotsent i.f.n. E.D. Alimardonov, dotsent i.f.n. R.B. Saidov hammuallifligida “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari” (4-qism) darsligi chop etildi.

Darslikda “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari” fanining 4-moduliga tegishli asosiy masalalar qisqa va tushunarli tilda bayon etilgan.

Ushbu darslikda xalqaro kapital migratsiyasi, xalqaro kapital jalb etishning milliy iqtisodiyot uchun ahamiyati,  investitsiya loyihalarini xorijiy mablag’lar orqali moliyalashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, xorijiy portfel investitsiyalar, xalqaro lizing va uning shakllari, investitsiya muhiti va uni yaxshilash yo‘llari, xalqaro kapital harakatida erkin iqtisodiy zonalarning o‘rni, xalqaro kapital harakatida transmilliy korporatsiyalarning o‘rni, xalqaro kapital harakatini tartibga solish kabi masalalar yoritilgan.

Darslik oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiy yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga, ilmiy izlanuvchilarga hamda mazkur fanni o‘qitadigan professor-o‘qituvchilarga mo‘ljallangan

13:41 / 2023-12-19
Success helper
Success warning