“English for economic studies’’ o‘quv qo‘llanmasi chop etildi
Toshkent Moliya instituti ,,Xorijiy tillar,,kafedrasi katta o‘qituvchisi Qulaxmedova Gulnora Abdaraximovnaning ‘’English for economic studies’’ o‘quv qo‘llanmasi chop etildi.
Ushbu qo‘llanma 1 kurs bakalavr talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, ingliz tilida ko‘p ishlatiladigan idiomalar berilgan. Idiomalar til o‘rganishning murakkab qismi xisoblanadi, chunki idiomani aytilishi bilan uning ma’nosi o‘rtasida katta farq bor. Qo‘llanmada, asosan dasturda belgilangan mavzularga oid idiomalar berilgan bo‘lib, ular mavzuni to‘liq tushunishga yordam beradi. Talabalar bu idiomalarni yaxshi o‘zlashtirishlari uchun xar xil qiziqarli mashqlar ham berilgan.