“Investments and innovations: manual” nomli ingliz tilida amaliy mashgʻulotlar uchun elektron qoʻllanma tayyorlandi

“Investments and innovations: manual” nomli ingliz tilida amaliy mashgʻulotlar uchun elektron qoʻllanma tayyorlandi

 

“Investments and innovations” fanining elektron o‘quv qo‘llanmasi

“Investments and innovations: Manual” nomli ingliz tilidagi amaliy mashg‘ulotlar uchun elektron o‘quv qo‘llanma “Investitsiya va innovatsiyalar” fanining o‘quv dasturi va ishchi o‘quv dasturida bayon etilgan asosiy mavzular yoritib berilgan. Ushbu elektron oʻquv qo‘llanmaning maqsadi oʻqituvchilarga amaliy mashgʻulotlarni rejalashtirish, tashkil etish va oʻtkazishda, shuningdek talabalarga “Investitsiya va innovatsiyalar” fanidan amaliy mashgʻulotlarga mustaqil tayyorgarlik koʻrishda koʻmaklashishdir.

Ushbu qoʻllanmada har bir mavzu boʻyicha batafsil amaliy materiallar, mavzular boʻyicha asosiy atamalar va tushunchalar, talabalarning har bir mavzu boʻyicha materialni oʻzlashtirishlari va oʻzlarini tekshirishlari uchun nazorat savollari, test savollari, topshiriqlar, mustaqil ishlar mavzulari keltirilgan. Qoʻllanmada mavzularga oid glossariy va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati keltirilgan.


Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtining 60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo'yicha); 60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar; 60410500 – Bank ishi va audit ta’lim yo‘nalishlarida o‘qiyotgan bakalavrlarga, mustaqil tadqiqotchilar, professor o‘qituvchilar va investitsiya sohasiga qiziquvchi hamda shug‘ullanuvchilarga mo‘ljallangan.

16:49 / 2023-12-19
Success helper
Success warning