“Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi” nomli o‘quv qo‘llanma nashr etildi
Toshkent moliya instituti “Iqtisodiyot” kafedrasi professori i.f.n. Аsatullayev Xurshid Sunnatullayevich va “Iqtisodiy xavfsizlik” kafedrasi dotsenti PhD Kalandarov Ravshan Аbdukayumovich tomonidan “Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi” nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr etildi.
Jahon xo‘jaligining globallashuvi va informatsion texnologiyalarini shiddat bilan rivojlanishi sharoitida iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu muammoni nafaqat milliy, balki xalqaro darajada tadqiq etish va unga qarshi kurashish yo‘llarini topish zarur. Shuningdek, iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi iqtisodiy xavfsizlikning muhim elementlaridan biri sifatida bo‘lib hisoblanadi. Davlatlar va fuqarolar o‘rtasida turli jinoyatlarning shakllanishi va avj olishi bevosita turli iqtisodiy jinoyatlarni vujudga kelishi tufayli yuz beradi. Shu jihatdan iqtisodiy jinoyatlarni bartaraf etish va unga qarshi kurashida milliy va xalqaro tizimdagi masalalarni o‘rganish va uni amaliyotga keng joriy etish orqali xavfsizlikni ta’minlashning barcha tizimini asosiy elementi sifatida yuzaga chiqadi.
O‘quv qo‘llanma 5232400-Iqtisodiy xavfsizlik ta’lim yo‘nalishi talabalari, magistrantlar, tadqiqotchilar, o‘qituvchilar va iqtisodiyot ilmiga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.