“Бюджетно-налоговая политика” innovatsion web-darsligi tayyorlandi

“Бюджетно-налоговая политика” innovatsion web-darsligi tayyorlandi

 

«Moliya» kafedrasi professor-oʼqituvchilari professor Jiyanova Nargiza Esanboevna va dotsent v.b. Isaev Xusan Mansurovich tomonidan elektron darslikning yangi modernizatsiyalashgan shakli boʼlgan «Byudjetno-nalogovaya politika» nomli rus tilida innovatsion web-darslik tayyorlandi.
 

Innovatsion web-darslik 70410401 – “Davlat moliyasi va halqaro moliya” magistratura mutaxassisligi talabalari uchun moʼljallangan boʼlib, fanning oʼquv rejalari, fan dasturi va sillabusga muvofiq ravishda tayorlangan. «Бюджетно-налоговая политика» innovatsion web-darsligi qolgan elektron darsliklardan ustunliklari - moslashuvchanlik, qurilma tanlamaslik, yaʼni android, IOS, Windows, MacOS, Linux operatsion tizimlarda ishlay oladi, uyali aloqa vosita, planshet, noutbuk, smart TV, avto Monitor va boshqa har qanday internet tarmogʼiga ulana oluvchi qurilmada va uni ekraniga moslashib koʼrinadi.
 

“Бюджетно-налоговая политика” innovatsion Web-darsligida “Byudjet-soliq siyosati: biz nimani va qanday oʼrganamiz?”, “Bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari va byudjet-soliq siyosati munosabatlari”, “Byudjet taqchilligini kamaytirish – budjet siyosatining markaziy masalasi”, “Soliq yuki (taqsimlash)ning zamonaviy nazariyalari va ularning byudjet-soliq siyosatini ishlab chiqishdagi oʼrni”, “Soliq imtiyozlarini oqilona taqdim etish - soliq siyosati samaradorligini taʼminlash” va boshqa mavzular yuzasidan nazariy va amaliy jihatlari keltirib oʼtilgan.
 

Innovatsion web-darslikda bilimlarni mustahkam egallash uchun maʼruza mantlari, taqdimotlar, amaliy topshiriqlar, nazorat savollari, keyslar, testlar va video maʼruzalarni oʼz ichiga jamlab olib, talabaning yonida hohlagan joyida hohlagan vaqtida fanga taʼluqli boʼlgan maʼlumotni, bilimni oʼzlashtirishiga yordam beradi.
 

 «Бюджетно-налоговая политика» innovatsion web-darsligi byudjet-soliq tizimida zarur bilim va koʼnikmalarga ega boʼlgan zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarni tayorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

17:35 / 2024-01-22
Success helper
Success warning