"UNIVERSIADA-2019" shahar bosqichi

"UNIVERSIADA-2019" shahar bosqichi

13-aprel kuni Toshkent shahrining barcha OTMlar orasida "UNIVERSIADA-2019" shahar bosqichi bo'lib o'tdi.

Institutimiz g'ururini barcha fakuktetlarning turli kurslardan tanlab olingan talabalari himoya qildilar.

Bizning dono, go'zal va sportchi qizlarimiz Abutalipova Guzela, Muhamedjanova Nozima, Tilovova Xumora, Yafarova Alina 400 metr masofadagi yugurish estafetasida faxrli 2-o'rinni egalladilar.

Sportchi faol yigitlarimizdan Nuriddin Muhammedov 400 metr masofaga yugurish bo'yicha faxrli 1-o'rin sohibi bo'ldi.

Toshkent moliya instituti rahbariyati hamda barcha talabalar g'oliblarni ajoyib yutuqlari bilan tabriklab, bundanda ulug'roq g'alabalarni tilab qoladi.

BARAKALLA! BIZ SIZLAR BILAN FAXRLANAMIZ!!!

 

18:10 / 2019-04-17
Success helper
Success warning