Favqulodda vaziyatlar vazirligi xuzuridagi Fuqaro muhofazasi institutning “Simulyatsiya” markaziga sayyor dars tashkil etildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xuzuridagi Fuqaro muhofazasi institutning “Simulyatsiya” markaziga sayyor dars tashkil etildi

   2019-yil 17-may kuni institutning Mehnat va fuqaro muhofazasi bo‘lim boshlig‘i M.Yuldasheva va “Menejment” fakulteti tomonidan O‘zbekiston Resbuplikasi Bosh vaziri-Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2019-yil 12-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2019-yildagi vazifalar to‘g‘risidagi 1-sonli buyrug‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019-yil 24-yanvardagi 1-XFU sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xuzuridagi Fuqaro muhofazasi institutning “Simulyatsiya” markaziga sayyor dars tashkil etildi.

    Tashrif jarayonida talabalar respublikamizning bosh o‘quv-uslubiy va ilmiy pedagogik markazi faoliyati bilan tanishdilar. Markaz bosh mutaxassisi A.Ernazarov talabalarni muassasada tashkil etilgan muzey faoliyati, undagi eksponatlarni o‘rganish orqali zilzilaning kelib chiqishi, uning darajalari, oqibatlari haqida ma’lumot berdi.

   Ushbu seminar darsida favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ularning talofatlarini bartaraf etish, favqulodda vaziyatlar natijasida shikastlanganda o‘z-o‘ziga va o‘zaro yordam berish, xavfli vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilish, baholash va ulardan muhofazalanish yo‘llarini topishni o‘rganish masalalari ko‘rib chiqildi.

     Simulyatsiya markazida zilzila tarixidan ma’lumotlar berildi, bu yerda insoniyat zilzilani aniqlash uchun uylab topgan moslamalari, zilzila haqida yozilgan kitoblar mavjud. Shuningdek talabalarga zilzila o‘tgan asrlarda qanday oqibatlarga sababchi bo‘lganligi, insonlar zilzilani bartaraf etish maqsadida qanday choralar ko‘rganligi haqida ham ma’lumotlar berildi. Fuqaro muhofazasi instituti bosh mutaxassisi A.Ernazarov talabalarni (zilzilani xis qilish) simulyatsiya xonasiga olib kirib, ushbu qurilma haqida ma’lumot berdi. Simulyatsiya qurilmasida 8 talabaning 9 balli zilzila sharoitida xatti-harakatlari kuzatildi va sinovdan o‘tkazildi. Natijada talabalarning jiddiy xatolari qayt etildi, ular tahlil qilinib zilzila paytida amal qilinishi lozim bo‘lgan qoidalarga va xatti-harakatlarga atroflicha to‘xtatildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufidagi Fuqaro muxofazasi institutidagi “Simulyatsiya” markaziga tashrif talabalarda katta taasurot qoldirildi. Institut mutaxassisi tomonidan berilgan ma’lumotlar talabalarda favqulodda vaziyatlarda harakatlanish haqida tasavvur, tushuncha va ko‘nikmalar hosil qildi. Sayyor dars so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, mutaxassis tomonidan tegishli javoblar oldilar. Dars jarayoni uyushqoqlik va yuqori saviyada o‘tdi.

 

 

17:32 / 2019-05-20
Success helper
Success warning